Iyul—avgust oylaridan tarvuzning eng pishiqchilik davri boshlanadi. Bu mahsulot o‘zining xushta’mligi, chanqoqbosdiligi bilan birga, salomatlik uchun ham koni foyda ekani bilan ajralib turadi. Shifokor-nutritsiolog Ulyana Mironova tarvuzning biz bilmagan shifobaxsh tomonlari haqida aytib berdi.
Foto: iStock
1. Tarvuz — magniyga boy mahsulot. Bejizga uni poliz tabibi deb atashmaydi. 100 gramm mahsulotda 180-250 mg (kunlik ehtiyoj o‘rtacha 500 mg) magniy mavjud. Shuningdek, tarvuzning navi va yetishtirilgan sharoitiga qarab 64 mg dan 338 mg gacha kaliy mavjud. U diuretik ta’sirga ega va ko‘pincha buyraklarni yuvish, shuningdek, tabiiy usulda shishdan xalos bo‘lish uchun tavsiya etiladi.
2. Tarvuzda karotinoidlar serob. Ular tarkibi o‘xshash bo‘lgan 500 ga yaqin tabiiy biologik faol qo‘shimchalardan iborat. Karotenoidlar kuchli antioksidant ta’sirga ega bo‘lib, erkin radikallarni bloklaydi.
3. Tarvuz eriydigan va erimaydigan o‘simlik tolalarining ajoyib manbaidir. Ular ichak faoliyatini yaxshilashga yordam beradi, organizmdan toksinlarni chiqarib tashlaydi, foydali ichak mikroflorasining rivojlanishiga xizmat qiladi va xolesterin miqdorini kamaytiradi.
4. Tarvuzda sitrullin mavjud bo‘lib, ushbu modda arginin aminokislotasiga aylanib ketadi, yurakning to‘g‘ri ishlashiga yordam berib, qon aylanishini yaxshilaydi. Shuningdek, sitrullin immunitet tizimining to‘g‘ri ishlashini qo‘llab-quvvatlaydi.
Foto: iStock
5. Tarvuz tarkibida juda ko‘p muhim mikroelementlar va vitaminlar — foliy va askorbin kislotalari, temir, PP, B2 va boshqa vitaminlar mavjud.
6. Tarvuz sharbatida uglevodlardan aynan fruktoza ustunlik qiladi. Fruktoza glyukozadan osonroq tanaga so‘riladi va organizmda insulin darajasini oshirib yubormaydi.
7. Tarvuz kaloriyasi juda past, parhezbop ekin hisoblanadi (100 gramm tarvuzda o‘rtacha 35-38 kilokaloriya mavjud), shu bilan birga, tarvuz sharbatida natriy, yog‘ va xolesterin bo‘lmaydi.
8. Tarvuz urug‘i yog‘i kosmetika sanoatida qo‘llanadi. Uning tarkibida ko‘p miqdorda E vitamini va antioksidant ta’sirga ega bo‘lgan va terini yoshartiruvchi kislotalar mavjud. Tarvuz urug‘i moyiga asoslangan preparatlar ajinlarni sifatli tekislaydi, oqartiradi va ko‘z ostidagi qora doiralardan xalos bo‘lishga yordam beradi. Tarvuzning shirin va mazali ta’mi esa har qanday maqtovga loyiq. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi