75 kilolik tarvuz! O‘zbekistonda yetishtirilgan bahaybat poliz mahsuloti barchani hayratga soldi

Ijtimoiy tarmoqlarda g‘ayrioddiy kattalikdagi tarvuz aks etgan video tarqalib, foydalanuvchilar e’tiborini tortmoqda. Videoda dehqon yelkasida taxminan 75 kilogramm keladigan ulkan tarvuzni ko‘tarib turgani ko‘rinadi.
Videoda oddiy tarvuzlardan bir necha baravar katta bo‘lgan poliz mahsuloti namoyish etilgan. Dehqon uning og‘irligi taxminan 75 kilogramm ekanini aytmoqda.
"Kim bu tarvuzni yelkasida tik ushlab tura olsa, mukofot puli beraman", — deya murojaat qilgan u.
Dehqon o‘z videosida ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari va blogerlarni ushbu noodatiy sinovda qatnashishga chaqirgan.
Ulkan tarvuzni yelkada tik holatda ushlab turish taklifi esa video ostida turli munozaralarga sabab bo‘lmoqda.































Izohlar 0
…