Olma sirkasi ushbu meva sharbatining fermentatsiyasi jarayonida ishlab chiqariladi. Uning 95 foizini suv, 5-6 foizini sirka kislotasi tashkil etadi. Sirka olmani maydalash, sharbatini chiqarib, keyin bakteriyalar va xamirturush qo‘shish orqali tayyorlanadi.
Foto: Getty Images
Olma sirkasining qanday foydali jihatlari bor?
Amerikalik shifokor, tibbiyot fanlari doktori Kunal Sud olmali sirkaning afzalliklari haqida tushuntirib berdi.
“Olma sirkasining kunlik tavsiya etilgan va foydali dozasi 750 milligrammni tashkil qiladi va undan oshirib yuborish tavsiya etilmaydi”, — deydi shifokor.
Qondagi qand miqdorini nazorat qilish
Olma sirkasi qondagi qand miqdorini tartibga solishga yordam beradi, bu diabetga chalinganlar uchun foydali bo‘lishi mumkin, ammo sirka qand kasalligini davolamaydi.
Klinik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ovqatdan keyin sirka insulinga sezgirlikni oshirishi va qondagi shakar miqdorining keskin ko‘tarilishining oldini olishi mumkin.
Ammo olma sirkasi diabetdan aziyat chekadigan bemorlar uchun standart davolash o‘rnini bosmasligi kerak. Shicago Medicine mutaxassislarining ta’kidlashicha, olma sirkasi hech qachon dori-darmonlarning o‘rnini bosa olmaydi va faqatgina qo‘shimcha davolash maqsadida qo‘llanadi. Muhim jihat: olma sirkasini buyrak kasalliklari bor har qanday shaxs iste’mol qilishi man etiladi. Sirkani davo sifatida qo‘llashdan oldin birinchi navbatda shifokor bilan maslahatlashish muhim.
Vaznni nazorat qilish
Foto: “RBK Ukraina”
Olma sirkasini muntazam iste’mol qilish tana vaznini nazorat qilishga yordam beradi, degan nazariya mavjud. Ammo sirka sog‘lom ovqatlanish tartibi va jismoniy mashqlar bilan birgalikda qo‘llangandagina foydaga xizmat qiladi.
2018 yilda Journal of Functional Foods nashrida chop etilgan tadqiqotda 44 nafar ortiqcha vaznli odamlar ishtirok etdi. Unda olma sirkasining vaznga ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, doimiy parhez, jismonan faollik bilan bir qatorda olma sirkasidan oz-oz iste’mol qilib turish tana vaznini tushirishga va visseral yog‘ miqdorini sezilarli darajada kamaytirishga yordam berdi.
Ovqat hazm qilish tizimi yaxshilash
Sirka tarkibida probiotiklar kabi ta’sir ko‘rsatadigan foydali bakteriyalar mavjud. Ular oshqozondagi kislota balansini saqlash, jig‘ildon qaynashini kamaytirish hamda oshqozon-ichak traktini yaxshilash uchun yordam beradi.
Mikroblarga qarshi xususiyat
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, olma sirkasi mahalliy qo‘llanganda sirkadagi kislota zamburug‘larga qarshi yaxshi kurashadi va teri infeksiyalariga olib keladigan zararli bakteriyalarni o‘ldiradi.
Suvda eritilgan olma sirkasi tanadagi husnbuzarlarga qarshi kurashda ham samara beradi, biroq sirkani tanaga surtishdan avval unga suv qo‘shish, biror qismda allergik tajriba o‘tkazish muhim. Aks holda terida qizarish, qichishish kabi noxush holatlar yuzga kelishi mumkin.
Xolesterin darajasini pasaytirish
Sirkani me’yorida (kuniga maksimum 750 milligramm) iste’mol qilish xolesterin va triglitseridlar darajasini pasaytirishga yordam beradi. Ularning ortishi yurak xastaliklariga chalinish xavfini yuzaga keltiradi.
Olma sirkasidan qanday foydalanish lozim?
Foto: iStock
Agar siz ham olma sirkasi ichishga qaror qilgan bo‘lsangiz, uning tarkibida katta miqdorda kislota saqlanishi, kislota tishlar emalini yemirib yuborishi va ovqat hazm qilish trakti ishini izdan chiqarishi mumkinligini yodda tuting. Shuning uchun ham ekspertlar sirkani suv bilan aralashtirib ichishni, tishlar emali zararlanmasligi uchun sirkani ichib bo‘lgach, tishlarni darhol tozalashni maslahat berishadi. Sirkani suvda eritish tomoq va oshqozon shilliq qavatini himoya qilish uchun ham muhim. Odatda bir stakan suvga bir osh qoshiq sirka qo‘shib ichiladi.
Olma sirkasining zarari
Sirka tarkibida katta miqdorda kislota saqlanadi, u tomoq va qizilo‘ngachning nozik to‘qimalarini osongina zararlaydi. Shifokorlar tish emali bilan bog‘liq muammolari yoki kislota refluksi bor odamlarga olma sirkasini iste’mol qilishni mutlaqo taqiqlashadi.
Ovqatga qo‘shish
Foto: Shutterstock
Olma sirkasini turli sabzavotlardan tayyorlangan salatlarga, ko‘katlarga qo‘shish, zaytun yog‘i bilan aralashtirib ishlatish mumkin. Bunday taom parhez tutayotgan shaxslar uchun ayni muddaodir. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi