Foto: Marie Claire
Samolyotda uchishdan qo‘rqadigan insonlar ko‘p, ammo bortdagi yo‘lovchilar xavfsizligi faqatgina uchuvchilar va bort xodimlariga bog‘liq deb o‘ylash yanglish fikrdir. Parvoz vaqtida asosan yo‘lovchilarning o‘zi xatoga yo‘l qo‘yadi. Natijada ekipaj ishlarini bajarishga to‘sqinlik qiladi va atrofdagilarning ham hayotini xavf ostiga qo‘yadi.
Britaniya aviakompaniyasining styuardessasi yo‘lovchilar orasida eng keng tarqalgan xatoliklar haqida ogohlantirdi. Quyida sizga o‘zingiz va boshqalarning qulayligi uchun samolyot bortida nima qilmaslik kerakligini eslatib o‘tamiz.
Samolyotda shortik yoki yubka kiymang
Parvozning ilk soatida samolyot bortidagi harorat o‘ta sovuq bo‘lishi mumkin, shu tufayli noto‘g‘ri tanlangan kiyim-kechak sizni kasal bo‘lib qolishingizga olib keladi. Bundan tashqari, yon o‘rindiqdagi yo‘lovchi konditsionerni juda kuchli rejimga qo‘yishi mumkin, bu ham shamollash xavfini oshiradi. Qolaversa, kalta kiyimlar samolyotni tark etishingiz kerak bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda noqulaylik tug‘diradi.
Spirtli ichimliklar ichmang
Foto: Marie Claire
Har bir parvozdan avval zamonaviy samolyotlar to‘liq tekshiruvdan o‘tkaziladi va ularga texnik xizmat ko‘rsatiladi, shuning uchun parvoz paytida xavflar yuzaga kelishi minimaldir. Shunga qaramay, samolyot bortida turli xil favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. Ammo ekipaj a’zolari bunday muammolarning barini hal qilishga tayyor turadi. Chunki bunday favqulodda vaziyatlar ular tomonidan maxsus o‘quv kursida o‘rganiladi va mashg‘ulotlar vaqtida amaliy qo‘llaniladi. Biroq agar yo‘lovchilardan kamida bittasi o‘zini noto‘g‘ri tutsa, ekipajning ishiga xalaqit beradi, shu sababli parvozdan avval va parvoz paytida spirtli ichimliklardan voz kechish muhim.
Bundan tashqari, boshqalar tinchligini buzgan yo‘lovchi parvozdan avval samolyotdan chiqarib yuborilishiga ruxsat etiladi, chunki notinchlik reys kechikishiga olib kelishi mumkin.
Yetarli miqdorda suv iching
Foto: Marie Claire
Samolyot insonlar uchun tabiiy bo‘lmagan o‘ta past bosim ostida bo‘ladi, bu esa ovqat hazm qilish muammolari va bosh aylanishiga olib keladi. Buning uchun sizga oddiy toza ichimlik suvi yordam beradi. Shuningdek, samolyot bortidagi havo juda quruq bo‘lib, teri, ko‘z va shilliq pardalarning qurishiga hamda organizm suvsizlanishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun parvozga o‘zingiz bilan suv olish yoki bortda taklif etilgan suvdan ichish tavsiya etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi