20:37 / 20.07.2024
409

Kimlarga o‘rik iste’mol qilish mumkin emas?

Kimlarga o‘rik iste’mol qilish mumkin emas?
O‘zbek xalqining eng sevimli mevalaridan biri — o‘rik o‘zining betakror ta’mi bilan barchaga xush yoqadi. Undan tayyorlangan quritilgan mevalar esa qishda jonga darmon bo‘ladi. Uning foydasi ham talaygina: o‘rik o‘zida o‘simlik tolasi, A va C vitaminlari, oksidlovchi stress bilan kurashadigan ko‘plab antioksidantlarni saqlaydi. Chunki oksidlovchi stress tanadagi to‘qimalarga zarar yetkazadigan va ko‘plab surunkali kasalliklar, xususan, saraton rivojlanishiga olib keladigan erkin radikallar rivojlanishiga olib keladi.

Foto: Wday
Shuningdek, o‘rik tarkibidagi magniy oshqozon-ichak trakti faoliyatini tartibga soladi, kalsiy suyaklar va tishlarni mustahkamlaydi, kaliy elektrolitlar darajasini tiklaydi, mevadagi temir esa eritrotsitlar sonini ko‘paytiradi hamda anemiyaning oldini oladi.

O‘rikning ko‘plab foydali xususiyatlariga qaramay, ushbu meva ayrim toifadagi insonlar uchun zararli bo‘lishi mumkin. Sog‘lom odam kuniga 250-300 grammdan ortiq bo‘lmagan miqdorda o‘rik iste’mol qilishi lozim. Aks holda quyidagi muammolar yuzaga keladi:

Ichaklarda buzilishlar

Foto: Wday
O‘rikda juda ko‘p erimaydigan o‘simlik tolalari mavjud. Ular ovqat hazm qilishda foydali bo‘lib, ichak motorikasini rag‘batlantiradi. Biroq diareyaga moyil shaxslar uchun o‘rik oshqozon muammolarini keltirib chiqarishi mumkin. Kuchli diareyaning oldini olish uchun o‘rik po‘stini olib tashlab iste’mol qilish lozim. Chunki kletchatkaning asosiy qismi mevaning yuzasida joylashadi.

Qon bosimining pasayishi

O‘rik kaliyga boy meva bo‘lgani tufayli qon bosimi yuqori bo‘lganlar uchun ayni muddaodir. Ammo gipotoniyadan aziyat chekadiganlarda qon bosimini yanada tushirib yuborish ehtimoli bor.

Allergiya

O‘rik mevasi va danagi kamdan kam hollarda allergiyaga olib keladi, ammo pollinoz — gulchangga allergiyasi bor insonlarda o‘rik allergiya qo‘zg‘ashi mumkin. Bunda til va og‘iz bo‘shlig‘i shisha boshlaydi, qichishishlar bezovta qiladi.

Allergiya mavjudligi bo‘yicha tegishli testdan o‘tish orqali bemor tanasidagi allergenlarni aniqlashi mumkin, buning uchun shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Foto: Wday
Uglevodlarning ortishi

Asosan quritilgan o‘rik tarkibida juda katta miqdorda shakar saqlanib qoladi. Yangi uzilgan o‘riklar yuqori glikemik indeksga ega. Agar sizda qand kasalligi aniqlangan bo‘lsa, o‘rik qoqisini kamroq iste’mol qilganingiz maqul.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kimlarga o‘rik iste’mol qilish mumkin emas?