12:00 / 01.08.2024
219

K vitamini nima uchun kerak va uni qaysi mahsulotlardan olish mumkin?

K vitamini nima uchun kerak va uni qaysi mahsulotlardan olish mumkin?
Foto: iStock
Sog‘liqni saqlash va tibbiyot haqidagi “Doktor” ilmiy-ma’rifiy telekanali organizm uchun K vitamini zarurligi haqida ma’lumot berdi, deb yozadi Sports.kz.

K vitamini yog‘da eriydigan modda bo‘lib, suyak to‘qimalarining mineralizatsiyasi va qon ivishi uchun zarur element hisoblanadi. Uning ikkita tur mavjud:
  • Filloxinon (K1) — bargli va yashil sabzavot ekinlarida bo‘ladi;
  • Menaxinon (K2) — hayvonlardan olingan oziq-ovqatlarda bo‘ladi hamda ichaklardagi bakteriyalar tomonidan sintezlanadi.

K vitamini nima uchun kerak?
- U kalsiy sintezini faollashtiradi va buning natijasida suyaklar mustahkamlanadi;
- K vitaminining qon ivish jarayonida ishtirok etadi;
- Yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi.

K vitaminiga boy mahsulotlarga:
- don mahsulotlari;
- yashil bargli sabzavotlar;
- baliq yog‘i;
- soya o‘simligi kiradi.

Inson tanasida K vitamini yetishmovchiligini ko‘rsatadigan alomatlarga:
- burun qonashi;
- tishlarni tozalash vaqtida milklarning qonashi;
- turli yara va shikastlarning uzoq muddat davomida bitishi;
- tanada tez-tez ko‘karishlar paydo bo‘lishi;
- ayollarda hayzning uzoq davom etishi va me’yordan ortiq bo‘lishi;
- qon bosimining pasayishi;
- bosh aylanishi;
- diareya kabilar kiradi.

K vitaminining asosiy biologik vazifasi qon aylanishi to‘la ta’minlashdir. U koagulyatsiya jarayonida ishtirok etadigan o‘n uchta oqsildan to‘rttasini ishlab chiqaradi. Shu sababli immun tizimi mustahkam bo‘lishida K vitaminining o‘rni kattadir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » K vitamini nima uchun kerak va uni qaysi mahsulotlardan olish mumkin?