13:30 / 12.08.2024
137

Vazn tashlashda go‘zallikni qanday saqlab qolish mumkin?

Vazn tashlashda go‘zallikni qanday saqlab qolish mumkin?
Taomning sifati nafaqat tashqi ko‘rinishimizga, balki tananing umumiy salomatligiga ham ta’sir qiladi. Oziq-ovqatlardan biz soch va terini muhim elementlar bilan boyitish uchun zarur bo‘lgan ko‘plab foydali moddalarni qabul qilamiz. Bugun biz “go‘zallik ratsioni”ga aynan nimalar kirishini diyetolog mutaxassisdan bilib oldik.

Foto: Getty Images
Sochlar va teri salomatligi uchun muhim elementlar

To‘g‘ri ovqatlanish barcha organlarning yaxshi ishlashida asosiy omil bo‘lib, insonning tashqi ko‘rinishida aks etadi. Taomnoma balansli bo‘lishi uchun hayvonlar va o‘simliklardan olingan mahsulotlarni ham ratsionga kiritish lozim. Ular nafaqat hujayralar tuzilishi, balki ichki fiziologik jarayonlarning normal ishlash uchun zarurdir. Teri va sochlar go‘zalligi uchun muhim bo‘lgan ozuqa moddalarga quyidagilar kiradi:

Omega-3 yog‘ kislotalari. Ular terida namlikni saqlab qolishga yordam beradi. Omega-3 baliq yog‘i, zig‘ir yog‘i va urug‘ida, raps yog‘i, yashil no‘xat va yong‘oqlarda ayniqsa ko‘pdir.

Oqsil. Baliq, go‘sht, dengiz mahsulotlari, tuxumda bor.

A vitamin. Jigar, ismaloq, sabzi, ukropda mavjud.

Sink va temir. Ustritsa chig‘anoqlari, midiya, yeryong‘oq, loviya, qizil go‘sht va shokoladda mavjud.

Aminokislotalar. Lahm go‘sht, grechka, kinoa, dengiz mahsulotlari, tuxum, sut mahsulotlarida ko‘p.

Retinol. Sut, sariyog‘, go‘shtli taomlar, jigar, baliq yog‘i, tuxumdan olinadi.

O‘simlik tolasi. Ular ichaklarning to‘g‘ri ishlashi, soch va terining salomatligi uchun katta ahamiyatga ega bo‘lib, sog‘lom ichak mikroflorasining shakllanishini ta’minlaydi.

Antioksidantlar rezavorlar va mevalarda mavjud.

Foto: Wday
Foydali ozuqa moddalarning yetishmasligi nimalarga olib keladi?

Foydali vitamin va minerallarning defitsiti ko‘plab muammolarga sabab bo‘ladi. Agar organizm oziq-ovqat orqali zarur bo‘lgan elementlar bilan ta’minlanmasa, vaqt o‘tib ajinlar paydo bo‘lishi — terining erta qarishiga olib keladi. Temir, sink, biotin, B12 va C vitaminlari yetishmasligi ayniqsa xavfli bo‘lib, to‘qimalarning yangilanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Sochlar mo‘rt, sinuvchan va jilosiz bo‘lib qoladi.

Noto‘g‘ri ovqatlanishning oqibatlari

Oqsil tanqisligi


Oqsil, kollagen va elastin terining elastikligi va tonusda bo‘lishi uchun javobgardir. Oqsil yetishmasligi erta qaritadi. 90% keratin oqsilidan tashkil topgan sochlarning holati ham yomonlashadi.

Yog‘lar tanqisligi

Yog‘larni yetarli darajada iste’mol qilmaslik teri, sochlar va shilliq qavatning quruqlashishiga olib keladi va epidermis funksiyasining buzilishiga olib keladi. Bularning barchasi husnbuzarlar toshishiga zamin yaratadi. Yog‘lar soch follikulalarini oziqlantirish uchun ham zarurdir. Ularning tanqisligi sochlarning to‘kilishiga va sinuvchan bo‘lishiga olib keladi.

Uglevodlar tanqisligi

Uglevodlar terining gidrolipid qavatini mo‘tadil saqlab turish uchun zarur bo‘lgan lipidlar sintezida ishtirok etadi. Uglevodlar tanqisligi ko‘pincha sebum ishlab chiqarishning pasayishiga olib keladi, bu esa terida quruqlik, qichishish kabi noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, husnbuzarlar toshish xavfi ortadi.

Uglevodlar soch follikulalaridagi hujayralar uchun energiya manbai bo‘lib, soch, teri va ko‘zlarga rang beradigan melanin sintezida ishtirok etadi. Ularning yetishmasligi sochlar o‘sishning sekinlashishiga, siyraklashishiga hamda oqarishiga sabab bo‘ladi.

Yuqorida sanab o‘tilgan va boshqa ozuqa moddalarning organizmga yetishmasligi ko‘plab muammolarning asosi bo‘ladi. Ularni hal qilishning eng yaxshi usuli bu mutaxassislarning tavsiyalarini inobatga olgan holda diyetangizni qayta ko‘rib chiqish va to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga doimiy rioya etishdir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Vazn tashlashda go‘zallikni qanday saqlab qolish mumkin?