Foto: “Thevoicemag.ru”
Ajoyib natijalarga intilayotgan sportchilarning musobaqalardagi muvaffaqiyati nafaqat jismoniy tayyorgarlikka, balki to‘g‘ri ovqatlanishga ham bog‘liqligini ular juda yaxshi tushunishadi. Xo‘sh, jismoniy mashg‘ulotlardan avval ovqatlanish kerakmi yoki keyin? Quyida ushbu savolga javob olamiz.
Birmingem, Bat, Nyukasl va Stirling universiteti tadqiqotchilari 20 yoshdan 26 yoshgacha bo‘lgan 12 nafar sog‘lom va jismoniy faol erkaklarning kundalik energiya sarfini ilmiy tahlil qilishdi.
Har bir ishtirokchining ko‘rsatkichlari uch xil holatda qayd etildi: tajriba ishtirokchisi shunchaki suli yormasi va sut bilan nonushta qilgan va keyin dam olganida; bir soat velosipedda uchishdan ikki soat avval xuddi shu taomni iste’mol qilganda; nonushtani o‘tkazib yuborib, darhol mashg‘ulotlarni boshlaganida o‘lchandi.
Tajriba natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, eng katta kaloriya tanqisligi — o‘rtacha 150 kilokaloriya sport bilan shug‘ullanishdan avval umuman ovqat yemagan erkaklarda kuzatilgan. Bundan xulosa qilish mumkinki, och qoringa mashq qilish vazn tashlashning eng yaxshi usulidir.
Buning boisi nimada?
Agar avvaldan ovqatlanmay mashq qilsangiz, tanangiz oziq-ovqatdan tayyor energiya olmaydi, shuning uchun uni boshqa manbalardan, masalan, tanadagi yog‘ to‘qimalaridan oladi. Bu esa vazn yo‘qotishga yordam beradi.
Buning yana bir foydali jihati mavjud: nonushtadan oldin mashq qilish insulin miqdorini past darajada ushlab turishga yordam beradi, bu organizmda yog‘larni eritishga xizmat qiladigan o‘sish gormoni ishlab chiqarishga imkon beradi.
Sport tibbiyoti mutaxassisi, Feniks Ostin bu jarayonni quyidagicha tushuntirgan: “Qanchalik kuchli mashq qilishingiz ikkinchi darajali masala, chunki ovqatdan keyin insulin darajasi pasaymasa, siz yog‘larni yo‘qota olmaysiz, buning uchun taomlanishdan keyin o‘rtacha ikki-uch soat o‘tishi kerak”.
Mashg‘ulotlardan oldin nonushta qilsak nima bo‘ladi?
Sport bilan shug‘ullanishdan avval nonushta qilmay turolmaysizmi? Buning ham yomon tomoni yo‘q. Tadqiqotchilar mashq qilishdan oldin ovqatlangan erkaklar mashg‘ulotlar davomida ko‘proq energiya sarflashini va kunning qolgan qismida metabolizm tezlashishini aniqlagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi