Sog‘liqni saqlash vazirligi inson o‘zini har tomonlama sog‘lom his qilishi va tashqi ko‘rinishi chiroyli bo‘lishi uchun piyoda yurish muhimligini eslatgan.
“Yayov yurilganda gavdaning barcha muskullari harakatga keladi. Qolaversa, bu mashg‘ulot ichki organlar faoliyatiga ham ijobiy ta’sir etadi. Natijada organizmda moddalar almashinuvi yaxshilanib, yurak tomirlari, shuningdek, nafas va asab tizimi mustahkamlanadi”, – deyiladi vazirlik xabarida.
Ta’kidlanishicha, ertalab ishga ketadigan payt piyoda yurish ham juda foydali. Bu vaqtda inson kechasi uxlab, dam olgani sababli to‘xtamay 30-40 daqiqa bemalol yayov keza oladi. Vazirlik ishxonadan charchab chiqqandan keyin ham avtobus yoki avtomashinaga chiqmay, yo‘lning bir qismini piyoda bosishni tavsiya qilgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi piyoda yurishning quyidagi foydalarini sanagan:
– bir kunda 4 marotaba 10 daqiqadan piyoda yurishni odat qilish qon bosimini me’yorda tutadi;
– tez-tez qadamlar bilan kuniga 120 qadam yurilsa, 15 daqiqada 100 kkaldan xalos bo‘lish mumkin;
– har kuni 20 daqiqa piyoda yurish asabiy ish kunining “yuk”laridan xalos bo‘lishga yordam beradi;
– chekishni tashlashni istaganlar ham chekkisi kelganda 20 daqiqa piyoda yursa, xohish ayni shu daqiqalarda o‘z-o‘zidan yo‘qoladi;
– o‘t pufagi va ichaklarning to‘lqinli harakatlari oshishi tufayli o‘t qopida tosh paydo bo‘lishi va qabziyatning oldini oladi;
– doimiy piyoda yurgan insonlar shamollashni tezroq yengib o‘tadi. Chunki u immunitetni mustahkamlaydi;
– har kuni 1 soat davomida piyoda sayr qilgan kishilar yurak xastaliklariga kamroq duchor bo‘ladi. U yurak-qon tomirlar tizimi – vegetativ asab tizimi holatiga ta’siri orqali qon bosimini kamaytiradi, yurak faoliyatini yaxshilaydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan uchrashdi