Foto: Shutterstock
Kivida apelsinga qaraganda ko‘proq C vitamini mavjud, shuning uchun ushbu meva ayniqsa kech kuz va qish mavsumida ayniqsa foydalidir, dedi endokrinolog E. Kazachkova “Gazeta.ru” nashriga bergan intervyusida. Mutaxassis kivining ko‘plab foydali tomonlari haqida ma’lumot berdi.
C vitamini immunitetni mustahkamlaydi, viruslar va mikroblar bilan kurashishga yordam beradi va teri salomatligi uchun muhim bo‘lgan kollagen sintezida ishtirok etadi.
Kivi K vitamini, kaliy va qonni suyultiruvchi tabiiy komponentlarga boy. Bu moddalar qon quyuqlashish xavfini kamaytiradi, yurak mushaklarini mustahkamlaydi, qon tomirlari devorlarining elastikligini oshiradi.
Shuningdek, kivi oshqozon-ichak traktining normal ishlashi uchun foydali bo‘lgan o‘simlik tolalariga boy. Kivida aktinidin fermenti mavjud. Bu oqsillarni parchalash va ovqat hazm qilishni osonlashtirish uchun kerak. Aktinidinga qo‘shimcha ravishda, meva kislotalari ovqat hazm qilishga yordam beradi. Bu, ayniqsa, oshqozonda xlorid kislotasi yetarli darajada ishlab chiqarilmaganida juda foydali. Xitoy tibbiyotida kivi asrlar davomida ovqat hazm qilish tizimini normallashtirish va buyrak toshlari xavfini kamaytirish uchun iste’mol qilinadi.
Kivi tana vaznini nazorat qiladigan insonlar uchun ayni muddao. Uning kaloriyasi past (100 gramm mahsulotda 40-60 kilokaloriya mavjud), lekin o‘zining foydali tarkibi tufayli to‘yimli mahsulotdir.
Foto: Shutterstock
Kivi po‘stida turli antioksidantlar ko‘p, ammo mevaning po‘sti odatda iste’mol qilinmaydi. Agar istak bo‘lsa, kivini butunicha yeyish zarar qilmaydi.
Kivini turli yorma, yogurt va salatlarga qo‘shib, uni gazak yoki shirinlik sifatida iste’mol qilish tavsiya etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Toshkentda Traverse va Equinox to‘qnashuvida ikki kishi jarohatlandi
Starlink uchun yana 20 ta sun’iy yo‘ldosh orbitaga uchirildi
Yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi
Tahlil. Milliy jamoada «3-4-3»ni qanday ishlatyapmiz?