Foto: Getty Images
Ultra ishlov berilgan mahsulotlarni muntazam iste’mol qilish biologik qarish jarayonini tezlashtiradi, deya ma’lum qildi Avstraliyaning Monash universiteti olimlari. Tadqiqot natijalari Age and Aging jurnalida e’lon qilingan.
Ultra qayta ishlangan mahsulotlar tarkibida ko‘p miqdorda ta’m kuchaytiruvchilar, konservantlar va emulgatorlar mavjud. Bunday mahsulotlarga chipslar, alkogolsiz rangli ichimliklar, tez pishadigan ugra, muzqaymoq, shokolad, pechene, tayyor taomlar, sosiska va kolbasa mahsulotlari, burgerlar, tovuq va baliq naggetslari, shirin yoki sho‘r qadoqlangan yengil taomlar hamda energetiklar kiradi.
Tadqiqotda AQSHning 20 yoshdan 79 yoshgacha bo‘lgan 16 mingdan ortiq fuqarosi haqidagi ma’lumotlar o‘rganildi. Biologik yoshni baholash uchun DNK metillanishi va ovqatlanish ta’sirini hisobga oluvchi PhenoAge epigenetik soati qo‘llandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ratsionida ultra qayta ishlangan mahsulotlar ulushining har 10 foizga ko‘payishi biologik qarish jarayonini 2,4 oyga tezlashtirgan. Bunday mahsulotlarni katta miqdorda (umumiy energiya iste’molining 100 foizigacha) iste’mol qilgan ishtirokchilar o‘z tengdoshlariga nisbatan biologik jihatdan o‘rtacha 0,86 yosh kattaroq bo‘lgan.
Tadqiqotga rahbarlik qilgan doktor Barbara Kardozo shunday xulosa qildi: atigi 200 kaloriyali ultra ishlov berilgan mahsulotlar (naggetslarning kichik bir porsiyasi) tananing qarish jarayonini ikki oyga tezlashtirib yuborishi mumkin. Tadqiqotchilar bunday mahsulotlarning biologik yoshga salbiy ta’siri, hatto umumiy ovqatlanish sifati yuqori bo‘lgan hollarda ham saqlanib qolishini ta’kidladi. Bunga ushbu yeguliklarning tarkibida foydali moddalar umuman yo‘qligi sabab bo‘lishi mumkin.
Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni transyog‘lardan voz kechishga chaqirgandi. Bunday yog‘lar fast fud, yarim tayyor yeguliklar, qovurilgan kartoshka frisi, chips hamda turli qandolatlar tarkibida bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Suriya muxolifatining Asadni ag‘darish rejalari haqida 6 oy oldin bilgan
Janubiy Koreya prezidentining mamlakatdan chiqishi taqiqlandi
Qarzing bo‘lmasin!
O‘zbek shou-biznesi vakillari Halima Ibragimovani qanday xotirlamoqda?
Turkiya prezidenti dunyoda faqat ikki yetakchi qolganini aytdi
"Mevalar qiroli" mangoning salomatlik uchun qanday foydali xususiyatlari bor?
Isroilda bosh vazir Binyamin Netanyahu ustidan sud jarayoni boshlandi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Lavrov amerikalik jurnalistga nimalar dedi?