Haftasiga atigi to‘rt dona olma yeyish yurak-qon tomir xastaliklari oqibatida o‘lim ehtimolini 40 foizgacha kamaytirarkan, Xitoyning Yanszi shifoxonasi tadqiqotchilari shunday xulosaga kelishdi. Tadqiqot natijalari Frontiers in Nutrition jurnalida e’lon qilindi.
Uzoq yillarni qamrab olgan tajriba-sinovda xolesterin darajasi yuqori 2 184 nafar o‘rta yoshli inson qatnashdi. Olimlar ularning qanday ovqatlanishini o‘rganishdi, ayniqsa, mevalarni iste’mol qilishiga alohida e’tibor qaratishdi, keyingi davomli kuzatuvlarda barcha o‘lim holatlari qayd etib borildi.
Natijalarga ko‘ra, haftasiga uch-to‘rttadan olma yeganlarda umumiy o‘lim xavfi bu mevani iste’mol qilmaganlarga qaraganda 39 foiz kam bo‘lgan. Shuningdek, banan ham salomatlik uchun koni foyda ekan — bu tropik mevani muntazam iste’mol qiluvchilarda erta o‘lim xavfi qariyb 30 foizga kamaygan.
Kunora (haftasiga uch-to‘rt dona) olma yeyish yurak-qon tomir xastaliklari oqibatida o‘lim xavfini 40 foizga kamaytirgan. Olimlar yurakni mustahkamlash uchun mevalarni muntazam iste’mol qilish lozim, deyishmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Alisher Usmonov urush boshlanganidan buyon qanday qilib 13,4 mlrd dollarga boyidi?
Ekspert: Rossiyaga qarshi sanksiyalardan O‘zbekiston va Qirg‘iziston ko‘proq foyda ko‘rdi
Putin uchinchi jahon urushi haqidagi savolga qanday javob berdi?
Davlat xizmatlari sohasidagi so‘nggi yangiliklar va yengilliklar ma’lum qilindi
Grenlandiya Donald Trampga orol sotilmasligini eslatib qo‘ydi
Vengriya bosh vaziri: Yevropa Ukrainadagi mojaroda yutqazdi
Putin MDH davlatlari rahbarlari bilan uchrashadi
Qushlar uchun aqlli qafas taqdim etildi: o‘zi ovqatlantirib, o‘zi tozalaydi