O‘zbekistonda mushukdan ham katta kalamush ko‘rgan yigitlar hayratda qoldi (video)

O‘zbekistonda tunda avtomobilda shahar aylanib yurgan yigitlar kutilmagan manzaraga duch kelishdi. Ular yo‘l chetida uxlab yotgan, kattaligi oddiy mushuknikidan ham yirik bo‘lgan kalamushni ko‘rib qolishdi. Jonivorning g‘ayrioddiy ko‘rinishi yigitlarni hayratga solgan.
Dastlab ko‘rganlar uni yumshoq o‘yinchoq yoki qandaydir maket deb o‘ylashi mumkin. Biroq videotasvirda jonivorning qimirlayotgani ko‘rinadi. Shu bois uning haqiqiy kalamush ekani aytilmoqda.
Yigitlar noodatiy uchrashuvni telefon kamerasi orqali tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishdi. Rolik qisqa vaqt ichida e’tibor tortib, foydalanuvchilar orasida turli fikr va munozaralarga sabab bo‘ldi.
Ta’kidlash joizki, kalamushlar shahar muhitida ham uchraydigan kemiruvchilar hisoblanadi. Ularning ko‘payishiga chiqindilarning belgilangan joylarga tashlanmasligi va oziq-ovqat qoldiqlarining ochiq qolishi kabi omillar sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, 2024 yilda Toshkentning Chilonzor tumanida tarqalgan kalamushlar aks etgan video yuzasidan mutaxassislar o‘rganish olib borgan va hududdagi chiqindilar bilan bog‘liq muammolarni qayd etgan.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…