Nevrolog Ekaterina Demyanovskaya oʻta tez suratda oʻtayotgan hayot tarzi va ayni vaqtning oʻzida bir nechta vazifalarni bajarishga harakat qilishga urinish surunkali stressga olib kelishi haqida ogohlantirdi, deb yozmoqda Daryo nashri.
Foto: Alamy
Mutaxassis fikriga koʻra, stressga qarshi kurashishda asosiy elementlardan biri bu uyqu tartibini shakllantirishdir:
“Uyqu rejimiga amal qilish tushkunlik va stress darajasini kamaytirish uchun muhim qadamdir”, deydi ekspert.
Nevrolog yaqin kelajak haqidagi tashvishli xayollardan forigʻ boʻlish uchun har kuni uxlashdan avval ertangi kunni rejalashtirishni tavsiya qildi. Bu odat barcha ishlarni boshqarish va xavotirni kamaytirishga yordam beradi.
“Ertangi kunni rejalashtirish atigi 10-15 daqiqa vaqtni oladi, ammo stressga uchrash ehtimolini kamaytirish imkonini beradi”, deya tushuntirdi nevrolog.
Foto: Lisa.ru
Stressga qarshi kurashishning yana bir usuli bu Coping strategy (“boshqarish va uddasidan chiqish strategiyasi”)dir. Bu stress yoki qiyin vaziyatlar bilan kurashish uchun ishlatiladigan usullar va texnikalar majmuyi boʻlib, odamlarning salomatligini himoya qilish va muammolarga ijobiy tarzda javob berishga yordam beradi. Shu sababli ijobiy hissiyotlar uchun vaqt ajratish: masalan, doʻstlar bilan uchrashuvlar, hobbi, kitob oʻqish yoki serial tomosha qilish kabi yengil mashgʻulotlar stressga tushmaslik uchun muhim hisoblanadi.
Nevrolog tushkunlik va asabiylik paytida ruhiy holatni yaxshilash uchun yoqimli xotiralarni eslab, “ijobiy hissiyotlar banki”ni yaratishni maslahat berdi. Bu kontseptsiyada “bank” soʻzi metafora boʻlib, hayotdagi eng baxtli, tinch yoki quvonchli daqiqalarini xotira sifatida jamlash tushuniladi. Bu xotiralar keyinchalik stressli vaziyatlarda, qiyinchiliklarga duch kelganda ijobiy hissiyotlar yaratish uchun qayta ishlatiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tushkun kayfiyatdan qutulishning oson yoʻli
Hayotingizni chiroyli qilish va sizni baxtli qilish uchun hech kim majbur emas!
Nega biz har doim ham xohlagan narsamizga erisha olmaymiz?
Hayotingdagi past-balandliklar seni bezovta qilmasin!
Emotsiyalar sogʻligimizga qanday ta'sir qiladi?
2025 yil barcha muchal vakillariga nimalarni bashorat qilmoqda?
Ong va tananing qanday oʻzaro bogʻliqligi bor?
Ekspert: Bolalarning asosiy nonushtasiga aylangan ushbu mahsulot saratonga olib keladi