D vitamini sogʻliq uchun juda muhim ozuqa moddasidir va uning asosiy vazifasi organizmda kaltsiy va fosfor muvozanatini tartibga solishdir. Bu esa suyaklar, tishlar va mushaklarning sogʻlom boʻlishiga yordam beradi. Shifokor-gastroenterolog Elena Mironova D vitaminining hazm qilish tizimi va ichaklar faoliyatidagi juda muhim roli haqida ma'lumot berdi.
Foto: Alamy
“Hozirda koʻplab odamlar D vitamini etishmovchiligidan aziyat chekmoqda, bu muammo yosh yoki etnik kelib chiqishdan qat'i nazar har kimda paydo boʻlishi mumkin. Biz D vitaminini ikkita tabiiy usulda qabul qilamiz.
Birinchi usul — bu oziq-ovqat orqali qabul qilish, ya'ni tarkibida D vitamini boʻlgan mahsulotlarni iste'mol qilish. Asosan bu baliqlar: seld, skumbriya, losos, sardina, shuningdek, sut mahsulotlari, tuxum sarigʻi, jigar va qizil goʻshtlardir.
Ikkinchi usul — bu quyosh nurlari ta'sirida terida endogen D vitamini ishlab chiqarilishidir”, dedi shifokor.
“Afsuski, ushbu ikki usul ham kunlik ehtiyojni toʻliq qoplamaydi, bu esa ba'zan sogʻligʻimizga ta'sir qiladi. Masalan, D vitamini etishmovchiligi ingichka ichakning shilliq qavatida jiddiy buzilishlarga olib keladi. Natijada ichak shilliq qavatidagi mikrobioma sifat va miqdor jihatidan kamayadi, bu esa himoya vazifasini bajaruvchi peptidlarga ta'sir qiladi. Natijada ichakning himoya funktsiyasi va hazm qilish faoliyati sezilarli darajada buziladi”.
Foto: Alamy
Gastroenterolog shifokor mazkur vitamin etishmovchiligini qanday qoplash mumkinligini haqida ham ma'lumot berdi:
“Agar siz ovqatlanish yoki quyosh nuri orqali D vitaminiga boʻlgan kunlik ehtiyoj normasini qoplay olmasangiz, maxsus preparatlar xarid qilishingiz mumkin. Eng yaxshi oʻzlashtiriladigan D vitamin asosan yogʻli eritmalar koʻrinishida boʻladi. Shuningdek, qon tahlili topshirib, D vitamini darajasini aniqlash va kerakli dozani belgilash uchun shifokorga murojaat qilishingizni maslahat beraman”, deya xulosa qildi Elena Mironova. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar