Bir piyola xushta'm choysiz deyarli kunimiz oʻtmaydi. Biz choy barglarini qaynoq suvga solganimizda darhol yoqimli va issiqqina choy ichish uchun tayyor boʻladi. Biroq qaynoq choyni darhol ichish qanchalik toʻgʻri? Bu haqda hech oʻylab koʻrganmisiz?
Choy foydali ichimliklardan biri hisoblansa-da, uni notoʻgʻri iste'mol qilish sogʻliq uchun xavf tugʻdirishi mumkin. Bu haqda Amerika saraton kasalliklari jamiyati (Amerian Cancer Society)ning etakchi tadqiqotchilaridan biri, doktor Farhod Islomiy fikriga tayanib “Sports.kz” xabar berdi.
Mutaxassislarning aytishicha, 60 gradusdan yuqori haroratdagi issiq choy ichish saratonning ayrim turlari rivojlanishini ikki baravar oshirishi mumkin. Bundan tashqari, kuniga 700 millilitrdan kam miqdorda va 60 darajadan issiq haroratda choy ichish qiziloʻngach saratoni rivojlanish xavfini, taxminan, 90 foizga oshirishga olib keladigan tadqiqot oʻtkazilgan.
Mutaxassisning fikricha, faqat choy emas, har qanday issiq ichimliklar ichish bunday oqibatlarga olib kelishi mumkin. U issiq ichimliklar iste'mol qilishni yaxshi koʻradiganlarni bunday qilmaslikka chaqirdi.
Shifokorlar harorati 55 darajadan yuqori boʻlmagan choy ichishni tavsiya qiladi.
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar