06:50 / 31.01.2025
171

Nonushta charchoq va asabiylikka qanday ta'sir qilishi aytildi

Nonushta charchoq va asabiylikka qanday ta'sir qilishi aytildi
Ertalabki nonushtani oʻtkazib yubormaydigan odamlar sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar haqida kamroq shikoyat qiladilar, deydi diyetolog Kristina Prishvina. U «Moskva 24» telekanaliga nonushtaning foydalari haqida gapirib berdi.

Kristina Prishvinaning aytishicha, muntazam ravishda nonushta qiladigan odamlarda kun davomida insulin va glyukoza darajasi barqarorroq boʻladi. Bu ish faoliyatini yaxshilash, charchoq va asabiylashishni kamaytirish uchun muhim, deya tushuntirdi diyetolog.

Bundan tashqari, nonushtadan keyin odamning ishtahani tartibga soluvchi gormonlar darajasi barqarorlashadi. Shuning uchun agar odam ertalab ovqatlansa, u kun davomida kamroq ovqat iste'mol qiladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali