13:05 / 09.02.2025
230

"Baxtlar vodiysi"dagi ulkan xazina

"Baxtlar vodiysi"dagi ulkan xazina
Dunyodagi eng boy odam baxtlar vodiysida yashaydi. U abadiy boyliklar bilan badavlat. Bu inson boylikni yoʻqota olmaydi va bebaho xazina aqli va qalbiga qoniqish, salomatlik, halovat bagʻishlaydi. Xoʻsh, badavlat odam olishga sazovor boʻlgan boylik va vositalarning roʻyxati nimalardan iborat?..

• Men boshqalarga uni bera turib, baxtni topaman.

• Men hayotdan belgilangan salomatlikni topaman, faqat bu ozuqa tanamning me'yoriy zarurati uchun amal qiladi.

• Men hech kimdan nafratlanmayman, hech kimga hasad ham qilmayman, ammo butun insoniyatni yaxshi koʻraman va unga hurmat-e'zoz koʻrsataman.

• Men mehr-muhabbat ila astoydil ter toʻkib, mehnat qilaman, oʻz ishimga koʻproq oʻyin ulushi qoʻshaman, shuning uchun hech qachon charchamayman.

• Men har kuni ibodat qilaman, boylik toʻgʻrisida emas, balki donishmandlikni qoʻlga kiritish borasida koʻproq qaygʻuraman, toki u menga ulkan boyliklarim, egallagan davlatimni anglash, aql bilan boshqarish va huzur-halovat topishimga imkon bersin.

• Men hech qachon oʻzgalarga hurmatsizlik qilmayman, nopisand munosabatda boʻlmayman, hech qachon hech kimga tuhmat qilmayman, buni birorta sabab bilan ham ado etmayman.

• Hech kimning menga yaxshilik qilishini istamayman, oʻzimning yaxshiliklarimni boshqalar bilan baham koʻrish huquqim bundan mustasno.

• Doimo vijdonimning roziligi bilan yashayman va u hamisha menga nima ish qilishim kerakligini aytib turadi.

• Men talab qilingandan ziyod miqyosda moddiy boylikka egaman, chunki ziqnalikdan mosuvoman hamda hayotim davomida ijodiy foydalanadigan oʻsha narsalarni olishga intilaman.

• Farovonligimning manbai men yordam bergan, oʻzimda borini baham koʻrgan odamlardan iborat.

• Baxt-saodat vodiysidagi boylikni pul bilan oʻlchash mumkin emas. U mening ongimda. Bu boylikni sotib olib, oʻzlashtirib boʻlmaydi – ana shunday ilgʻab boʻlmas manbadir. Uni faqat turmush tarzimni qabul qilgan kishi olishi mumkin. Men bu boylikni umrim boʻyi yaratdim, tabiat qonunlarini kuzatib, bu qonunlarga muvofiq ravishda oʻzimda odob-axloq tizimini ishlab chiqib erishdim.

Baxt-saodat vodiysidagi insonning muvaffaqiyat maslagi mualliflik huquqidan himoyalangani yoʻq. Agar ushbu maslakni qabul qilib, oʻzaro hamjihatlikda yashasangiz, hayotni siz bilan hisoblashishga, shartlaringizga koʻnishga majbur etishingiz mumkin. U sizga yangi va istalgan doʻstlarni jalb etishi va dushmanlarni qurosizlantirishi mumkin. Bu muvaffaqiyat maslagi biznesingizni gullab-yashnatib, kasb-hunar yoki martabani ravnaq toptirishi, uyingizni barcha oila a'zolaringiz uchun jannatga aylantirishi mumkin. Muvaffaqiyatga daxldor dunyoqarash umringizni uzaytirishi va sizni qoʻrquvlar hamda tashvishlardan ozod qilishi hech gap emas.

Va eng asosiysi shuki, baxt-saodat vodiysidagi inson maslagi sizga donishmandlik olib keladi. U hali vujudga kelmay turib, barcha shaxsiy muammolarni echishingiz va hayotingizga tinchlik hamda qoniqish his-tuygʻusini olib kirishingiz mumkin.

(Napoleon Xill kitobidan)

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali