17:14 / 11.02.2025
75

Tadqiqot: kech nonushta qilish depressiyaga olib kelishi mumkin

Tadqiqot: kech nonushta qilish depressiyaga olib kelishi mumkin
Foto: Shutterstock
Xitoylik olimlar ertalab soat toʻqqizdan keyin nonushta qiladigan odamlarda depressiya alomatlari 28 foizga koʻproq uchrashini aniqladi. Tadqiqot natijalari The Journal of Affective Disorders jurnalida chop etildi.

Sian universiteti Birinchi klinik shifoxonasi tadqiqotchilari 11 yil mobaynida 24 mingga yaqin katta yoshli odamlarning ovqatlanish ratsionini oʻrganib, ularning sogʻligʻidagi oʻzgarishlarni kuzatgan. Olimlar sinov ishtirokchilari ertalab muntazam nonushta qilish-qilmasliklarini, shuningdek, kunning qaysi paytida birinchi marta ovqatlanishini qayd etib borgan.

Tadqiqotlar koʻrsatishicha, ertalab soat toʻqqizdan keyin nonushta qiladigan erkaklar va ayollarda kayfiyat yomonlashuvi va ruhiy salomatlik muammolari, soat 08:00 gacha nonushtani tugatadigan kishilarga nisbatan deyarli uchdan bir qismga koʻproq kuzatilgan. Shuningdek, nonushtadan butunlay voz kechish ham xuddi shunday salbiy natija koʻrsatishi aniqlandi.

Nonushtani kechiktirish yoki umuman qilmaslik uyqu muammolariga, jismoniy faollikning pasayishiga yoki hayotiy ishtiyoqning susayishiga sabab boʻlishi mumkin, deb ta'kidlamoqda olimlar.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali