
Astrolog Tatyana Rubina 5-tv.ru nashriga bergan intervyusida 3-9 mart kunlarida barcha burjlar qanday o‘zgarishlarga duch kelishini aytib o‘tdi.
Hafta qanday boshlanadi?
3 mart kuni Merkuriy Olov burjlaridan biri bo‘lgan Qo‘y burjiga o‘tadi. Bu esa odamlar orasida o‘zini erkin ifodalash usulini o‘zgartiradi. Endilikda o‘z fikrini boshqalardan avval bildirish, yumor va xarizma bilan ajralib turishga intilish kuchayadi. Shuningdek, bilim olish va yangi ko‘nikmalarni egallash osonlashadi.
Shu bilan birga, insonlar o‘rtasida tortishuv va munozaralar kuchayishi mumkin. Venera bunday ixtiloflarni yumshatishga yordam beradi. Haddan tashqari keskin tortishuvlarga kirishmaslik va muloqotda qulay muhit yaratish muhim bo‘ladi.
Pluton ta’siri esa biznes va ish faoliyatida tezkorlikni oshiradi, qiyin masalalarni hal qilish salohiyatini kuchaytiradi. Har bir kishi o‘z maqsadiga erishish uchun taktikani to‘g‘ri qo‘llashi zarur.
Ish, biznes va moliyaviy muvaffaqiyatlar
Hafta davomida ish va biznes sohasida faol bo‘lish tavsiya etiladi. Ushbu davr quyidagi sohalar uchun ayni muddao:
✔️ Savdo va tijorat ishlari;
✔️ Kompyuter va PR-texnologiyalar;
✔️ Jamoatchilik bilan ishlash;
✔️ Nutq san’ati;
✔️ Qo‘l mehnati talab qilingan kasblar.
8 mart kuni Oy Qisqichbaqa burjiga o‘tishi ayollar uchun muhim bo‘ladi. Bu kunda ularga uy-ro‘zg‘or, ichki muammolar va oilaviy munosabatlar muhimroq ko‘rinadi. Shuning uchun uy uchun bezaklar, dam olish va oilaviy uchrashuvlar ular uchun eng maqbul sovg‘a bo‘ladi.
Shuningdek, Saturn va Mars ta’siri hafta davomida qat’iylik va ishtiyoqni oshiradi. Yangi ishlarga kirishish, muhim biznes qarorlarini qabul qilish, kasbiy rivojlanish uchun qulay davr.
Burjlar uchun haftalik prognoz
♈ Qo‘y
Aktivlik va xarizma oshadi. Yangi imkoniyatlar paydo bo‘ladi. Ijtimoiy hayotda faol bo‘lish, yangi ko‘nikmalarni egallash va o‘zini namoyon qilish uchun qulay vaqt.
Maslahat: Impulsivlikdan saqlaning va rejalarni yaxshi o‘ylab amalga oshiring.
♉ Buzoq
Tinchlik va ma’naviy barqarorlik hafta davomida muhim bo‘ladi. Yoga, meditatsiya va ichki mulohazalar uchun mos vaqt.
Maslahat: Rejalaringizni boshqalar bilan ko‘p muhokama qilmaslikka harakat qiling.
♊ Egizaklar
Jamoa hayotida faol bo‘lish, ijtimoiy guruhlarga qo‘shilish va yangi odamlar bilan tanishish uchun qulay davr.
Maslahat: Yangi texnologiyalarni o‘rganish va internetda faol bo‘lish manfaatli bo‘ladi.
♋ Qisqichbaqa
Kasbiy rivojlanish uchun qulay vaqt. Ko‘pchilik rahbariyat e’tiboriga tushishi mumkin. Davlat organlari bilan ishlash uchun mos davr.
Maslahat: Yuqori lavozimli insonlar bilan munosabatlarni mustahkamlash kerak.
♌ Arslon
Ta’lim, diniy masalalar va xalqaro aloqalarda omad kulib boqadi. Safarlar va ilmiy faoliyatga qiziqish ortadi.
Maslahat: Mulohazali bo‘ling va o‘zingizni har tomonlama rivojlantiring.
♍ Sunbula
Moliyaviy masalalarda omadli hafta. Kredit, sug‘urta va investitsiya bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish uchun qulay davr.
Maslahat: Ozdiruvchi yoki davolovchi kurslarga vaqt ajrating.
♎ Tarozi
Hamkorlik va oilaviy munosabatlar yaxshilanadi. Qonunchilik va maslahat berish ishlari bilan shug‘ullanish tavsiya etiladi.
Maslahat: Qaror qabul qilishda shoshilmang.
♏ Chayon
Tibbiyot va sog‘liqni tiklash bilan bog‘liq masalalarga e’tibor bering. Sog‘lig‘ingizni yaxshilash uchun profilaktika choralarini ko‘rish va kundalik tartibni biologik ritmlarga mos ravishda sozlash yaxshi bo‘lardi.
Maslahat: Ochiq havoda ko‘proq vaqt o‘tkazing.
♐ O‘qotar
Yangi ijodiy g‘oyalar paydo bo‘ladi. Havaskorlikka asoslangan loyihalar va sport tadbirlarida qatnashish uchun mos hafta.
Maslahat: Oila a’zolaringiz va do‘stlaringiz bilan vaqt o‘tkazing.
♑ Tog‘ echkisi
Uy va oila masalalari muhim o‘rin tutadi. Uy olib-sotish, ta’mirlash va uyni bezatish ishlari uchun yaxshi hafta.
Maslahat: Oilaviy an’analarni davom ettiring.
♒ Qovg‘a
Intellektual faoliyat va yangi bilimlar olishga qiziqish ortadi. Biznes va savdo uchun yaxshi hafta.
Maslahat: Yangi mijozlar bilan ishlash va blog yuritishni boshlash mumkin.
♓ Baliq
Moliyaviy barqarorlik va shaxsiy salohiyatni oshirish uchun qulay hafta. Yangi biznes-loyihalarni boshlash va shaxsiy qobiliyatlarni rivojlantirish tavsiya etiladi.
Maslahat: Investitsiya va moliyaviy rejalashtirishga alohida e’tibor qarating.
Hafta juda faol va o‘ziga xos o‘zgarishlarga boy bo‘ladi. Har bir burj vakili uchun ish, ijtimoiy hayot, shaxsiy rivojlanish va moliyaviy masalalarda muhim imkoniyatlar paydo bo‘ladi. Muhimi – ularni to‘g‘ri baholab, foydalanish.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar