14:57 / 07.03.2025
2 465

Nima uchun idish-tovoqni gubkada yuvish tavsiya qilinmaydi?

Nima uchun idish-tovoqni gubkada yuvish tavsiya qilinmaydi?
Har bir uy bekasi uchun oshxonadagi tozalik va gigiyena juda muhim. Idish-tovoq yuvishda tozalash vositalari qatorida eng ko‘p ishlatiladigan buyumlardan biri gubkalardir. Ammo so‘nggi paytlarda mutaxassislar gubkalardan foydalanishning zararli jihatlariga e’tibor qaratib, ularning salomatligimizga ta’siri haqida ogohlantirmoqda.

Haqiqatan ham idish-tovoq yuvish gubkasi biz o‘ylagandek xavfsizmi? Oshxonadagi gigiyenani ta’minlashda bu vositadan qanday foydalanish kerak? Shu kabi savollarga javob izlab, mavzuga chuqurroq nazar tashlaymiz.

Idishlarni yuvish uchun gubkadan foydalanish sog‘liq uchun xavflidir, deydi Norvegiya oziq-ovqat tadqiqotlari instituti tadqiqotchisi Trond Myoretro. Uning so‘zlariga ko‘ra, yuvish paytida gubka ichidagi zararli bakteriyalar idishlarning yuzasiga tarqaladi. Piyolangiz toza ko‘rinsa ham, ko‘plab bakteriyalarni o‘zida saqlashi mumkin. Chunki gubkalar kamdan-kam hollarda quruq saqlanadi, har kuni ishlatiladi va nam muhitda turli zamburug‘ va bakteriyalar rivojlanadi. Shuning uchun hatto salmonellyozga olib keladigan xavfli birikmalar ko‘payishi uchun qulay maskaniga aylanadi, deb yozadi Mirror.

“Bir dona gubka butun yer yuzidagi insoniyat sonidan ham ko‘proq bakteriyalarni o‘zida saqlashi mumkin, chunki unda qolib ketgan oziq-ovqat zarralari bakteriyalar uchun ozuqa manbai hisoblanadi”, deydi Trond.

Gubkani doimiy tozalab yurish ham xavfni sezilarli kamaytirmaydi, to‘liq gigiyenani saqlab qolishning yagona yo‘li gubkani har kuni almashtirishdir. Ammo bu usul tejamkor emas va ekologik jihatdan qulay ham emas.

Undan bo‘lsa, idishlarni nima bilan tozalash lozim?

Olim idishlarni yuvish uchun maxsus cho‘tkadan foydalanishni tavsiya qiladi. Chunki u oziq-ovqat qoldiqlarini yaxshi tozalaydi, cho‘tkaning tolalari juda tez quriydi, zararli bakteriyalar ham nobud bo‘ladi. Bundan tashqari, aksariyat cho‘tkalarda tutqich bo‘ladi, ular qo‘ldagi zararli bakteriyalar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa qilishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Foto: Alamy
Shuningdek, cho‘tka gigiyenik nuqtayi nazardan idishlarni yuvish uchun eng yaxshi tanlovdir.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali