Quyoshdan himoya kremi tanlash bo‘yicha mutaxassis tavsiyalari

1 daqiqa o'qish8K
Quyoshdan himoya kremi tanlash bo‘yicha mutaxassis tavsiyalari
Yoz fasli kirib kelishi bilan terini quyosh ta’siridan himoya qilish mavzusi yana dolzarb bo‘lib qoldi. Kundalik parvarishda quyoshdan himoya qiluvchi vositalar (SPF kremlar) nafaqat teriga zarar yetkazmaslik, balki uning yoshligini saqlab qolish uchun ham muhim omil hisoblanadi. Kosmetolog va estetik mutaxassis Natalya Ryabinova bu borada o‘z tavsiyalari bilan chiqdi. Uning fikricha, quyosh kremini tanlashda asosiy mezon — teri fototipidir.

Fototip nima va u nimaga ta’sir qiladi?
Fototip — inson teri tuzilishi va quyoshga reaksiyasiga qarab ajratiladigan teri turidir. Ryabinovaning ta’kidlashicha, teri qanchalik och bo‘lsa, quyoshdan himoya qiluvchi omil (SPF) shunchalik yuqori bo‘lishi kerak. Har bir fototip uchun tavsiya etiladigan SPF darajalari turlicha:

1- va 2-fototip: och teri, qizil yoki juda och sochlar, kuzi ko‘k yoki yashil. Bunday teri egalari quyosh nurlariga juda sezgir bo‘ladi. Ular uchun SPF 50+ bo‘lgan kremlar mos keladi.

3- va 4-fototip: o‘rtacha to‘q teri, qora yoki qahvarang sochlar, qora kuzlar. Ularning terisi quyoshga nisbatan biroz bardoshliroq bo‘ladi. Ular uchun SPF 30–50 doirasidagi kremlar tavsiya etiladi.

5- va 6-fototip: to‘q qora teri, juda to‘q sochlar va kuzlar. Bu teri turi quyoshga nisbatan ancha bardoshli. Ular uchun SPF 15–30 yetarli bo‘ladi.

Qaysi shakldagi quyosh kremi qaysi teri uchun mos?
Ryabinova faqat SPF darajasi emas, balki krem shakliga ham e’tibor berish kerakligini ta’kidlaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra:

Quruq teri uchun – quyuq va namlantiruvchi quyosh kremi yaxshi samara beradi;

Yog‘li yoki aralash teri uchun – yengil suyuqlik (fluid) yoki emulsiya shaklidagi vositalar ma’qul;

Bolalar teri uchun – qulaylik yaratish maqsadida ayniqsa sprey shaklidagi quyosh kremlari tavsiya etiladi.

Quyosh ostida sog‘lom turmush uchun to‘g‘ri qadam
Quyosh kremini to‘g‘ri tanlash nafaqat terini quyoshdan himoyalaydi, balki uning qarishini sekinlashtiradi, dog‘lar, qurib ketish va allergik reaksiyalarning oldini oladi. Shu sabab, har bir inson o‘z teri turini bilib, shu asosda vosita tanlashi kerak
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?