16:52 / 26.11.2016
14 546

Ortiqcha vaznning qaytishiga nima sabab bo‘lishi mumkinligi aniqlandi

Ortiqcha vaznning qaytishiga nima sabab bo‘lishi mumkinligi aniqlandi

Veysman institutining (Isroil) Eran Elinav boshchiligidagi olimlari ichakdagi bakteriyalar (mikrobiotlar) ozishdan keyin ortiqcha vaznning qaytishiga sabab bo‘lishi mumkin ekanligini aniqlashdi. Tadqiqotchilar o‘z xulosalarini Nature jurnalida chop etilgan maqolada bayon qilishdi.

Mutaxassislar tajribada sichqonlardan foydalanishdi, ular sichqonlarni dastlab tarkibida yog‘ ko‘p bo‘lgan ozuqa bilan boqishdi, buning natijasida ularning vazni oshdi. Shundan so‘ng sichqonlarni vazn tashlashga yo‘naltirilgan oddiy parhezga o‘tkazishdi – sikl takrorlandi. Tadqiqot davomida olimlar mikrobiomadagi genomlar – kemiruvchilar ichaklaridagi mikroorganizmlar genomlarini kuzatishdi, deya xabar qildi Kun.uz.

Ma’lum bo‘lishicha, yog‘ miqdori yuqori bo‘lgan parhez natijasida yig‘ilgan ortiqcha vazn tashlanganidan keyin sichqonlar tezkorlik bilan qayta vazn yig‘ishga moyil bo‘lishar ekan. Har bir sikl o‘tgan sayin semizlik darajasi murakkablashib borgan.

Olimlar qayta vazn to‘plashning ichak mikrobiotasi bilan aloqasini aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi. Vazn tashlagan kemiruvchilarning fekal massasini me’yoriy oziqlangan boshqa sichqonlar ichaklariga ko‘chirib o‘tkazilganda, ularda ham semizlikka moyillik paydo bo‘lgan.

Olimlarning fikricha, tadqiqot natijalari odamlarning vaznni qayta tiklash mexanizmini aniqlashga yordam beradi. Biroq qaytalanuvchi semizlikni davolovchi samarali preparatlarni yaratish uchun tadqiqotlarni davom ettirish zarur.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ortiqcha vaznning qaytishiga nima sabab bo‘lishi mumkinligi aniqlandi