date

Nega esnash boshqalarga ham yuqadi?

Nega esnash boshqalarga ham yuqadi?
Kimdir esnasa, ortidan o‘zingiz ham esnagan paytlaringiz bo‘lsa kerak. Bu holat "yuquvchan esnash" deb ataladi va uni faqat insonlar emas, ayrim hayvonlar ham boshdan kechiradi.

Psixiatr doktor Charlz Svitning ta’kidlashicha, bunda miyadagi oyna neyronlar (mirror neurons) muhim rol o‘ynaydi. Bu neyronlar boshqalarning harakatlarini kuzatganda faollashadi. Demak, kimnidir esnayotganini ko‘rsangiz, miyangiz shu harakatni "takrorlashga" moyillik ko‘rsatadi.

Tadqiqotlar shuni ham ko‘rsatganki, biz tanish insonlarning esnashiga nisbatan ko‘proq ta’sirlanamiz. Masalan, itlar o‘z egasi esnaganda, begona odamga nisbatan ko‘proq esnashga moyil bo‘ladi.

Olim Andryu Gellapning so‘zlariga ko‘ra, esnash miyani sovitish va hushyorlikni oshirishga yordam beradi. Bu guruhdagi boshqa a’zolarning hushyorligini ham oshirishi mumkin.

Shuningdek, esnash guruhdagi faoliyatlarni muvofiqlashtirishga yordam beradi. Afrika sherlarini o‘rgangan tadqiqot shundan dalolat beradiki, kimdir esnasa, boshqalar uning harakatini ko‘proq takrorlaydi.

Hamma ham bir xil esnashga moyil emas. Ehtimol, bu hamdardlik darajasiga bog‘liq: psixopatik xususiyatlari yuqori bo‘lgan odamlar boshqalarning esnashiga deyarli javob qaytarmaydi.

Xulosa shunday: esnash faqat charchoq emas — u ijtimoiy uyg‘unlik, hamdardlik va diqqat bilan bog‘liq.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Nega esnash boshqalarga ham yuqadi?