Kaspiyda qayiqdagi ikki kishi qirg‘oqdan 3 kilometr uzoqlikda topildi

Qozog‘istonning Mangistau viloyatida ikki nafar kishini shishiriladigan qayiqda Kaspiy dengiziga oqizib ketdi. Qutqaruvchilar ularni qirg‘oqdan 3 kilometr uzoqlikda topib, xavfsiz joyga olib chiqdi. Bu haqda Nur.kz xabar berdi.
Vazirlikning Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida ma’lum qilinishicha, voqea bugun Tupqarag‘an tumani hududida sodir bo‘lgan. Dengizda kuchli to‘lqinlar ko‘tarilishi oqibatida shishiriladigan qayiqda bo‘lgan ikki nafar katta yoshli kishini ochiq dengiz tomon oqizib ketgan.
Hodisa haqida xabar kelib tushgach, qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan va qidiruv-qutqaruv ishlarini boshlagan.
Qutqaruvchilarning hamjihatlikdagi harakatlari natijasida ikki kishi qirg‘oqdan 3 kilometr uzoqlikda topilgan. Ular xavfsiz joyga olib chiqilgan. Qutqarilganlarga tibbiy yordam talab etilmagan.
Shu bilan birga, ular suvda xavfsizlik qoidalarini buzgani uchun Qozog‘iston Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksining 412-moddasiga muvofiq javobgarlikka tortilgan. Ularning har biriga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima tayinlangan.
Keyingi yangilik

Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…