Qirg‘izistonda to‘yda bolani tepgan 17 yoshli yigit jarimaga tortildi (video)

Dunyo1 daqiqa o'qish1
Qirg‘izistonda to‘yda bolani tepgan 17 yoshli yigit jarimaga tortildi (video)

Qozog‘iston ijtimoiy tarmoqlarida to‘y marosimida qo‘shiq kuylayotgan yigit bolani ko‘krak qismidan tepib yuborgani aks etgan video tarqaldi. Ma’lum bo‘lishicha, voqea Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan. Hodisaga aloqador 17 yoshli yigit jarimaga tortildi. Bu haqda Nur.kz xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea 25 noyabr kuni Qirg‘izistonning Chuy viloyati Sokuluk qishlog‘ida yuz bergan. Videoda ikki nafar bola xonandaning chiqishiga xalaqit berayotgani aks etgan. Shundan so‘ng yigit ulardan birini ko‘krak qismiga qattiq tepgan. Zarba oqibatida bola yerga yiqilgan.

Chuy viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan va yigitning shaxsi aniqlangan. Uning 17 yoshda ekani ma’lum bo‘lgan.

Unga nisbatan Qirg‘izistonning Huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksi 126-moddasi — mayda bezorilik bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Ish hujjatlari Sokuluk tuman sudiga yuborilgan. Sud qarori bilan yigitga jarima jazosi tayinlangan.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?