Bugungi kunda ko‘plab insonlar uyg‘ongan zahoti telefonini qo‘lga olib, soatlab ijtimoiy tarmoqlarda vaqt o‘tkazadi. Bu holat “doomscrolling” — ya’ni faqat salbiy va xavotirli ma’lumotlarni o‘qish odatiga aylanib, kayfiyat va ruhiy salomatlikka jiddiy zarar yetkazmoqda. Mutaxassislar buni hatto “psixologik zo‘ravonlik”ka qiyoslamoqda, deb yozmoqda Peopletalk.
So‘nggi paytlarda esa internet foydalanuvchilari bu zararli odatga qarshi yangi yo‘l topishdi — “umidscrolling”. Bu atama ijobiy ma’lumotlarni ongli ravishda tanlab o‘qish va iste’mol qilishni anglatadi. Masalan, sport, san’at, moda, pazandachilik, foydali maslahatlar yoki yangi trendlar haqidagi kontent kayfiyatni ko‘taradi, motivatsiya beradi va salbiy xabarlarning ruhiyatga bosimini kamaytiradi.
Shu bilan birga, umidscrolling oddiygina algoritm emas, balki intizomni ham talab qiladi:
-
salbiy his uyg‘otuvchi sahifalardan voz kechish;
-
ekran vaqtini bosqichma-bosqich qisqartirish;
-
ongli ravishda ijobiy kontentga yo‘naltirish.
Masalan, mashhur qo‘shiqchi Selena Gomez allaqachon bu amaliyotni qo‘llab kelmoqda. U keraksiz va salbiy kontentni kuzatmaydi, vaqti-vaqti bilan esa ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini menejerlariga topshirib, raqamli detoks o‘tkazadi.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, umidscrolling — nafaqat stressdan qochish, balki ijtimoiy tarmoqlardan foydali va sog‘lom tarzda foydalanishning samarali usuli hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!