Toshkentda bir oilani sirlarini oshkor etish bilan qo‘rqitib, 40 ming dollar talab qilgan er-xotin ushlandi

Jamiyat1 daqiqa o'qish13
Toshkentda bir oilani sirlarini oshkor etish bilan qo‘rqitib, 40 ming dollar talab qilgan er-xotin ushlandi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida boshqa bir oilaga oid sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor etish va oilani buzish bilan qo‘rqitib, 40 ming AQSH dollari talab qilgan er-xotin qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, er-xotin jabrlanuvchini ayrim shaxsiy ma’lumotlarni jamoatchilikka oshkor qilish bilan qo‘rqitib, undan 40 ming dollar talab qilib kelgan.

«Xavfsiz va sog‘lom yurt» tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida IIV Tezkor-qidiruv departamenti xodimlari kelib tushgan murojaat asosida Mirzo Ulug‘bek tumanida tezkor tadbir o‘tkazgan.

Tadbir davomida er-xotin talab qilingan 40 ming dollarni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi «a» bandi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

IIV fuqarolarni bunday tahdid va tovlamachilik holatlariga duch kelganda pul talab qilgan shaxslarning shartlariga rozi bo‘lmasdan, zudlik bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishga chaqirdi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?