«Oskar» sovrindori Mettyu Makkonaxi AQSH prezidentligiga nomzod bo‘lishi mumkin

Dunyo1 daqiqa o'qish2
«Oskar» sovrindori Mettyu Makkonaxi AQSH prezidentligiga nomzod bo‘lishi mumkin

Gollivud aktyori, «Oskar» mukofoti sovrindori Mettyu Makkonaxining 2028 yilgi AQSH prezidentlik saylovlarida mustaqil nomzod sifatida ishtirok etishi mumkinligi muhokama qilinmoqda. Aktyorning mustaqil siyosatchilarni qo‘llab-quvvatlash haqidagi videomurojaati va siyosiy faoliyatiga oid taxminlar bunga sabab bo‘ldi. Bu haqda The Hill nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Makkonaxi oktyabr oyida ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan videomurojaatida amerikaliklarni Demokratik va Respublikachilar partiyalaridan tashqari mustaqil nomzodlarga ham e’tibor qaratishga chaqirgan.

Aktyorning fikricha, mustaqil nomzodlar siyosiy jarayonda faqat norozilik bildirish yoki asosiy partiyalar vakillariga to‘sqinlik qilish uchun emas, balki haqiqiy g‘alaba qozonish imkoniyatiga ega siyosiy kuch sifatida ishtirok etishi kerak. U bunday nomzodlar ikki asosiy partiya o‘rtasidagi raqobatni muvozanatlashtirib, siyosatni ko‘proq amerikaliklarning qarash va qadriyatlariga yaqinlashtirishi mumkinligini ta’kidlagan.

Aktyorning chiqishi 2028 yilgi prezidentlik saylovlarida uning nomzodini ilgari surishi mumkinligi haqidagi muhokamalarni kuchaytirdi. 2020 yilgi prezidentlik saylovlarida qatnashgan tadbirkor Endryu Yang ham Makkonaxining videomurojaati bunday taxminlarga turtki bo‘lganini aytgan. Uning fikricha, aktyor bunday chiqish qilgan ekan, demak, siyosiy maydonga kirish imkoniyatini o‘ylayotgan bo‘lishi mumkin.

Texas shtatidagi senatorlik saylovlarida g‘olib chiqqan Jeyms Talariko ham Makkonaxini yaxshi nomzod bo‘lishi mumkin deb baholagan va aktyor siyosatga kirishni jiddiy o‘ylasa, nomzodini ilgari surishi kerakligini bildirgan.

Qayd etish joiz, Makkonaxi avvalroq o‘z vatani — Texas shtati gubernatorligi uchun nomzodini qo‘yish imkoniyatini ham ko‘rib chiqqan. Biroq u hozirgacha 2028 yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etish niyatini rasman e’lon qilmagan.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?