Andijonda 19 tup tut daraxtini yo‘q qilish 1,5 mlrd so‘mdan ortiq zarar keltirdi

Jamiyat1 daqiqa o'qish2
Andijonda 19 tup tut daraxtini yo‘q qilish 1,5 mlrd so‘mdan ortiq zarar keltirdi

Andijon viloyatining Ulug‘nor tumanida fermer xo‘jaligi ishchisi tomonidan 19 tup tut daraxti qo‘porib tashlandi. Hodisa oqibatida tabiatga yetkazilgan zarar 1,5 milliard so‘mdan oshdi. Bu haqda viloyat Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tut daraxtlari qo‘porib tashlangani aks etgan videolavha tarqalganidan so‘ng, holat yuzasidan Ekologiya boshqarmasi va Ekologiya politsiyasi xodimlari tezkor o‘rganish ishlarini olib borgan.

O‘rganish davomida daraxtlar Ulug‘nor tumanidagi «Baxt Imkon Rivoji» fermer xo‘jaligi hududida xo‘jalik ishchisi tomonidan qo‘porib tashlangani aniqlangan. Jami 19 tup tut daraxti nobud qilingan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur holat oqibatida tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 1,5 milliard so‘mdan ortiqni tashkil etgan.

Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar daraxtlarni qo‘porib tashlash qonuniyligiga huquqiy baho berish uchun prokuratura organlariga yuboriladi.

Ayni paytda daraxtlarni qo‘porib tashlash holatiga huquqiy baho berish va mas’ul shaxslarning javobgarligini belgilash prokuratura organlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?