21:23 / 03.01.2017
9 678

2017 yilda sizni nimalar kutmoqda? Hali bunaqasi bo‘lmagan!

2017 yilda sizni nimalar kutmoqda? Hali bunaqasi bo‘lmagan!

Sichqon — hamal. Mehnatingiz rohatini ko‘rasiz! Ishlaringiz oldinga siljib, martabangiz oshadi.

Sichqon — savr. O‘zingizning va oilangizning manfaatlarini ko‘zlab ishlashga odatlangansiz. Ammo bu ishlaringizni endi quvonch bilan bajarasiz. Evaziga moliyaviy yutuqlarga erishasiz.

Sichqon — javzo. Yaqinlaringiz sizning madadingiz va maslahatingizga muhtoj. Ularning iltimoslarini erda qoldirmang, hatto, bu ishingizga xalaqit bergan taqdirda ham. Tez orada butun oilangizga foyda keltiradigan taklif tushadi.

Sichqon — saraton. Fitna, g‘iybat va yolg‘onga duch kelasiz. O‘zingizga bog‘liq bo‘lmagan vaziyatlar tufayli ularga aralashib qolasiz. Agar shu gap-so‘zlar iskanjasidan chiqib ketolsangiz, yangi yil omadli bo‘ladi.

Sichqon — asad. Kuch-g‘ayratingiz oshib-toshadi. Ichki ovozingizga ishoning. Raqiblaringizning qopqoniga tushmaslik uchun yangi tanishlaringizga bor siringizni gullab qo‘ymasangiz bo‘lgani.

Sichqon — sunbula. Ko‘p sayohat qilasiz. Yangi taasurotlar, tajriba va tanishlar yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Qolaversa, kuchga to‘lib, yangi g‘alabalarni qo‘lga kiritasiz.

Sichqon — mezon. Eski aloqalarni tiklang. Yaqinlaringiga tayansangiz, maqsadlaringizga erishasiz. Turmushga chiqmagan bo‘lsangiz, yilning o‘rtalarida ajoyib inson bilan tanishasiz.

Sichqon — aqrab. Yil ijod shiori ostida o‘tadi. Istaklaringizga quloq tuting, shunda o‘zgarishlar sizning foydangizga bo‘layotganini ko‘rasiz. Fitnes, sport mashg‘ulotlariga yoziling.

Sichqon — qavs. O‘ysiz xarajatlar tufayli moliyaviy holatingiz achinarli ahvolga kelmasligi uchun byudjetingizni rejalashtiring. Shunda anchagina mablag‘ni iqtisod qilib, uni kerakli tomonga yo‘naltirasiz.

Sichqon — jadiy. O‘zingizni qo‘lga olib, sabrli bo‘ling. Yaqinlaringizga jahl qilmang, ishda xushmuomalalikni unutmang. Shu qoidalarga amal qilsangiz, bilingki, omad siz tomonda.

Sichqon — dalv. Uyga o‘ralashib qolishingiz mumkin. Bu yomon emasku-ya, ammo daromaddan quruq qolasiz-da! Sustlikni yig‘ishtirib, oldinga olg‘a bosing!

Sichqon — hut. Rahbariyatning e’tiboriga tushish uchun ko‘p urinasiz. Oqibatda lavozimingiz oshib, maoshingiz ko‘tariladi. Ammo yaqinlaringiz sizning bee’tiborligingizdan ranjishadi, demak, ularga ham diqqatingizni qarating.


Sigir — hamal. Yilning boshida hayotingizni tubdan o‘zgartiradigan ajoyib hodisa ro‘y beradi. Maqsadni to‘g‘ri qo‘ya bilsangiz, bas. Tanishuvlar, yangiliklar sizni tinch qo‘ymaydi. Xullas, har bir kuningiz mo‘’jizaga boy bo‘ladi!

Sigir — savr. Nimalargadir erishasiz. Nimaga erishish esa o‘zingizga havola. Katta maoshmi, yangi mashinami, suyukli yormi — istaganingizni tanlang! Kutilmagan o‘zgarishlarga ham tayyor turing.

Sigir — javzo. Barcha niyatlaringizga erishib, oldingizga yangi maqsadlar qo‘yasiz. Ammo juda ko‘p ter to‘kishingizga to‘g‘ri keladi. G‘alaba quvonchini, albatta, tuyasiz.

Sigir — saraton. Haqiqiy baxt nasib qiladi. O‘tgan yillardagi noxushliklar bo‘y ko‘rsatishi mumkin, ammo ularni sabr bilan engasiz. Nihoyat, o‘z ishingizni ochasiz. Bu borada sizga yordam berganlarni siylashni unutmang.

Sigir — asad. Sog‘ligingiz pand bersa, g‘alabani xayol ham qilmang. Shu bois salomatligingiz haqida ko‘proq qayg‘uring. Agar zararli odatlaringiz bo‘lsa, ularni tashlang, sport bilan shug‘ullaning, to‘g‘ri taomlaning.

Sigir — sunbula. Yangi 2017 yil boshlanishi arafasida 12 oy uchun mo‘ljallangan aniq reja tuzib, shunga to‘liq amal qiling. Shunda barcha niyatlaringizga oson erishasiz. Ketdik!

Sigir — mezon. Do‘stona munosabatlar va sermulozamatliligingiz biznesda xalaqit berishi mumkin. Biror narsaga ahd qilishdan avval yaxshilab mulohaza qiling. Hech buo‘lmasa, haftada bir kungina dam oling.

Sigir — aqrab. Sekin harakat qilishingizga qaramay, ishlaringiz vaqtida bitaveradi. Negaki mulohazakorlikda ham gap ko‘p. Oilaviy masalalarni ham ishonch va xotirjamlik bilan hal qilishga erishasiz.

Sigir — qavs. Omad atrofingizda aylanib yurganiga qaramay, tinimsiz mehnat qilishingizga to‘g‘ri keladi. G‘ayratingiz va ijodkorligingizni namoyon qiling. Yilning oxirida natijasi sizni quvontiradi.

Sigir — jadiy. Baxtlilar ro‘yxatining boshidasiz. Hammasi ichki sezgingiz tufayli. Ichki ovozingizga ishonib anchadan beri orzu qilgan maqsadlaringizga erishasiz. Tavakkal qilib, g‘alaba qozonavering.

Sigir — dalv. Sal tezroq harakat qilishni o‘rganing. Kamroq xafa bo‘lib, ko‘proq ish qiling. Taqdir sizga jo‘natayotgan belgilarga ahamiyat bersangiz, xato qilmaysiz. Juftingizni uchratishingiz ehtimoli katta.

Sigir — hut. Yil hayajonlarga to‘la bo‘ladi. Voqelar rivojining shiddatliligi bois vaqtning qanday o‘tib ketganini sezmay qolasiz. His-tuyg‘ularga berilmang. Yaqinlaringiz va do‘stlaringizni unutmang.


Yo‘lbars — hamal. Lavozimingiz oshadi, ammo siz kutgan tarzda emas. Ish faoliyatingizni yoki yarasha joyingizni o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi. Qaror chiqarishdan avval maslahatlashing. Jahldorlikni yig‘ishtiring, aks holda u aks-sado bo‘lib o‘zingizga qaytadi.

Yo‘lbars — savr. Hadeb tavakkalchilik qilavermay, kelajak haqida o‘ylang. O‘ylamay bosilgan qadam yirik moliyaviy muammolarga olib kelishi mumkin. Obro‘ngiz tushgani qoladi. Sizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi do‘st kerak.

Yo‘lbars — javzo. Muammolarsiz yashashni istasangiz, g‘iybatlarga qo‘shilmay, o‘z ishingizni qiling. Hech kimga ishonmang! Yaqin tanishingiz pand berishi mumkin.

Yo‘lbars — saraton. Kayfiyatingiz hamisha chog‘ bo‘lgani bois mayda omadsizliklarga ahamiyat bermay maqsad sari intilaverasiz. Yo‘lingizga faqat o‘yin-kulgu to‘siq bo‘lishi mumkin.

Yo‘lbars — asad. Qiziqarli sayohatlar kutmoqda sizni. Bu ish safarlari ham, ta’til sarguzashtlari ham bo‘lishi mumkin. Mehnatkashligingiz bois hamkasblaringiz orasida obro‘ topasiz.

Yo‘lbars — sunbula. Agar anchadan beri ish joyingizni o‘zgartirish haqida o‘ylab yurgan bo‘lsangiz, yangi yilda buni bemalol amalga oshirishingiz mumkin. Charchoq va tushkunlikning birinchi alomatlarini sezishingiz zahoti, ishlarni chetga surib dam oling.

Yo‘lbars — mezon. Qarama-qarshi jins vakillarining e’tiborini his qilasiz. Bu o‘zingizga ishonchingizni orttiradi. Moliyaviy tomondan muammo kuzatilmasa-da, kerakmas xarajatlarni qisqartiring. Shu yil zo‘r homiy topasiz.

Yo‘lbars — aqrab. Yangi yil bayramini nishonlang-u, ishga kirishavering. Xizmat safarlari samarali bo‘ladi. Oilangizda boshqaruvni turmush o‘rtog‘ingizga topshiravering — bunga vaqtingiz ham, imkoniyatingiz ham yo‘q.

Yo‘lbars — qavs. Xobbingizni tashlamang. Mana shu sizga katta daromad olib kelishi mumkin. Qo‘shimcha daromad sira xalaqit bermaydi, shunday emasmi?

Yo‘lbars — jadiy. Xafagarchiliklarni unutib, eski qadrdonlar bilan aloqalarni tiklang. hatongizni tan olish qiyin, lekin yarashgandan keyingi hissiyotlarni so‘z bilan izhor etish yanada mushkul.

Yo‘lbars — dalv. O‘tgan yilgi charchoqlarni chiqarish uchun yilni dam olishdan boshlang. Istaklaringizga qarshi chiqmang. Topish-tutishingiz chakki bo‘lmaydi, demak, sayohatga otlanish mumkin.

Yo‘lbars — hut. Tez qaror chiqarmang, berilgan savolga darrov javob qaytarmang, yangi tanishlarga ishonmang. Yaxshi ot keyin chopishini unutmang. G‘oliblik nashidasini xali ko‘p surasiz.


Quyon — hamal. Moliyaviy barqarorlik sizni kutmoqda. Qish oylaridan boshlab ish samaradorligini oshirish yo‘llarini ko‘ring.

Quyon — savr. Hayotingizda ilk bora ish bilan suyuklingiz o‘rtasida bo‘linish nimaligini his etasiz. Ikkalasi ham birdek e’tibor talab qiladi. Ikkoviga ham birdek ahamiyat berishga ulugrishingiz shart. Murosa qilsangiz bo‘ldi.

Quyon — javzo. Rejalaringiz katta. Ularni amalga oshirgani kuch ham, mablag‘ ham topasiz. Katta o‘zgarishlardan keyin hayotdan qoniqish his qilasiz.

Quyon — saraton. Yil qiziqarli voqealarga boy bo‘ladi. Sizdan mardlik, kuch va aql talab etiladi. Qarorlaringiz o‘zingizga va atrofingizdagilarga zarar etkazmasligi kerak. O‘zgarishlardan cho‘chimang.

Quyon — asad. Yil boshida ehtiyotkor bo‘ling. Arzimas foyda uchun oilangiz sha’ni, qadr-qimmatingizni to‘kmang. Moliyaviy holatingiz o‘nglanadi.

Quyon — sunbula. Yarashishingizga umid ham qilmagan kishingiz bilan kelishib, o‘zaro hamkorlikda ish boshlaysiz va bu foyda ketiradi. O‘zgarishlan ro‘y berishi kutilmoqda: to‘y, farzand tug‘ilishi yoki yangi tanishuv.

Quyon — mezon. Oila a’zolaringizdan o‘zingizni olib qochmang. Ularga yordam berishingiz bilan o‘zingizning ishlaringiz ham baroridan kela boshlaydi.

Quyon — aqrab. Qayta tiklanish davri boshlanadi. Avvalari rioya qilgan qoidalaringiz puchga chiqadi. Ular bilan tezroq xayrlashing. O‘zingiz uchun muhim narsalar ro‘yxatini tuzing.

Quyon — qavs. Hammaga kerak bo‘lib qolasiz. Hamkasblaringiz va rahbarlar sizga maslahat solishadi, bilim va malakangiz bilan o‘rtoqlashishingizni so‘rashadi. Iltimoslarni rad etmasangiz, cho‘ntagingizga foyda bo‘ladi.

Quyon — jadiy. Qalbingizda xotirjamlitk hukm surgandagina hayotingiz mazmumnini anglaysiz. Tinchlanib, fikrlaringizni bir erga yig‘ing. Faylasuflarning asarlarini o‘qing, yoga mashg‘ulotlariga yoziling, o‘zingizni seving.

Quyon — dalv. Boqi-beg‘amlik nimasi? Tanishuvlar, ish o‘rningizning almashinuvi, yangi romantik uchrashuv. Tez qarorlar qabul qilishingizga to‘g‘ri keladi. Hammasi o‘z izmi bilan.

Quyon — hut. Ijodga sho‘ng‘ib ketasiz. Ilhom parilari bilan maza qilish davri keldi. O‘z ustingizdan ishlashdan charchamasangiz bo‘lgani.


Baliq — hamal. Fe’lingiz tez bo‘lishiga qaramay, shashtingizni biroz tushirganingiz ma’qul. Baqir-chaqir yo o‘dag‘aylash bilan ish bitmaydi. Aks hola omadingizni qochirib yuborasiz.

Baliq — savr. Yaqinlaringiz, hamkasblaringizning manfaatlarini yodingizdan chiqarmang. Axir qiyin paytingizda ular sizga yordamga keladilar. Xudbinlikni yig‘ishtirsangiz, foyda ko‘rasiz.

Baliq — javzo. Atrofdagi voqea-hodisalarga diqqatli bo‘ling. Muammolarni o‘z vaqtida hal qiling. Har bir qaroringiz foyda olib kelishi kerakligini unutmang.

Baliq — saraton. Ishda ham, oilada ham ishlaringiz «besh!» Muhimi, kuchingizni to‘g‘ri taqsimlasangiz bo‘lgani. O‘rtaliqni tanlang. Karerani ham, ro‘zg‘or yumushlarini bir maromda olib boring.

Baliq — asad. Hurmat qozonasiz, mashhur bo‘lib ketasiz. Atrofingizga faqat iqtidorli odamlarni yig‘ishga muyassar bo‘lasiz. Boshqaruvchilikda sizdan o‘tadigani bo‘lmaydi. Kayfiyatingizni ko‘taradigan odamlar bilan muloqot qiling, shunda tog‘ni tolqon qilasiz.

Baliq — sunbula. Mayda-chuyda ishlarga chalg‘imay, yaxshi daromad keltiradigan ishga kuchingizni sarflang. Ishonchsiz bitimlarga qayrilib ham qaramang.

Baliq — mezon. Yangi hunar egasi bo‘lasiz, do‘stlar orttirasiz. Qaror qabul qilishda aqlingizga suyaning. Ikkilansangiz yaqinlaringizdan yordam so‘rang.

Baliq — aqrab. Dam olishni kechiktirmay, bahordayoq ta’tilga chiqing. Ro‘zg‘or ishlariga o‘ralashib qolmang. Sog‘ligingizni tiklash va tinchlanib olishingiz shart.

Baliq — qavs. Sobitqadamlik, ishchanlik, qunt sizni tark etmasa, barcha sohalarda muvaffaqiyat qozonasiz: pul, sog‘liq, bo‘lajak juftingiz bilan tanishuv. Turmush qurganlarning hayoti osuda kechadi.

Baliq — jadiy. Omadni ohangrabodek o‘zingizga tortasiz. Shukr qilsangiz, yutasiz. O‘yin-kulgu, sovg‘alar va quvonchli onlar kutmoqda sizni.

Baliq — dalv. Atrofingizdagi insonlarni qadrlang. Turmushga qurgan-qurmaganingizdan qat’i nazar, ulardan vaqtingizni ham, pulingizni ham ayamang.

Baliq — hut. Uyatchanlik va andisha ijodkorlar uchun ko‘p ham xos emas. Sizning esa ijod qilish pallangiz keldi. Nooddatiylikka urg‘u bering.


Ilon — hamal. 2017 yili moliviy jihatdan va sevgi borasida omadingiz chopadi. Sog‘-salomat bo‘lasiz. Voqea-hodisalarning ro‘y berishini avvaldan sezishingizga o‘zingiz ham qoyil qolasiz.

Ilon — savr. O‘zingizning eng yaxshi taraflaringizni kashf etasiz. Iqtidoringiz namoyon bo‘lib, hayotda o‘z o‘rningizni egallaysiz. Topish-tutishingiz ham o‘nglanadi.

Ilon — javzo. Turmush qurmaganlar turmush quradi. Oilalilar uy-joylarini o‘nglab oladilar. O‘zgarishlarga tayyor tursangiz kifoya.

Ilon — saraton. Aqlu farosatingizga tasannolar aytib, hamma sizdan maslahatlar olishga oshiqadi. Faqat kerilib ketmang. Ishsiz yoki ish qidirayotgan bo‘lsangiz, orzungizdagi ishni topasiz.

Ilon — asad. Yaqinlaringizga, oila a’zolaringizga intiling. Ular taqdiringizda muhim rol o‘ynaydi, hatto moliyaviy yordam ham berishlari mumkin. Xotirjamlik sizni chulg‘aydi.

Ilon — sunbula. Sevgi keldi! Agar sevganingizning tuyg‘ularidan ko‘ra sizniki kuchliroq bo‘lsa, xafa bo‘lmang. Vaqti kelib, u ham siz deb yonadi-kuyadi. Hayotiy prinsiplaringizni, taomlanish va xulqingizni o‘zgartirsangiz, ajab emas.

Ilon — mezon. O‘tgan yilini kimnidir xafa qilgan bo‘lsangiz, albatta, kechirim so‘rang. Xatoni tan olish bilan omad uchun yo‘l ochasiz. Mansabingiz ko‘tarilishiga bir bahya qoldi.

Ilon — aqrab. Hamkasblaringiz, do‘stlaringiz va oila a’zolaringiz bilan tez-tez kelishmovchiliklar yuz bermasligi uchun tilingizga ehtiyot bo‘ling. Darrov yarashish yo‘llarini izlang.

Ilon — qavs. O‘zingizni nazorat qiling. Aks holda ayriliq, uzilish ro‘y beradi. Xatolaringizni tan oling, ularni tahlil qilib, takrorlamaslik yo‘llarini izlang.

Ilon — jadiy. O‘zingizni ham unutib, boshqalarga yoqishga harakat qilasiz. Ba’zan o‘zingizga ham oro berib turing. Shunda quvonch sizni tark etmaydi.

Ilon — dalv. Nihoyat ishlaringizni yakunlab, yangi rejalar tuzishga muvaffaq bo‘lasiz. Anchadan beri amalga oshmayotgan ishlaringizdan ham daromad olishga muvaffaq bo‘lasiz.

Ilon — hut. Agar o‘tgan yili yo‘qotishlar bo‘lgan bo‘lsa, ularning o‘rni to‘ldiriladi. Shunday narsalarga erishasizki, yo‘qotganlaringiz arzimasdek tuyulib qoladi. Uy xarid qilishingiz kutilmoqda.



Ot — hamal. Moliyaviy barqarorlik tirishqoqligingizga bog‘liq. Har bir ishga g‘ayrat bilan kirishsangiz, yarim yil o‘tmayoq maqsadingizga erishasiz. Ehtimol sayohatga chiqarsiz...

Ot — savr. Qaddingizni egib turgan yukdan qutulasiz. Birgina qaroringiz taqdiringizni o‘zgartirib yuborishi mumkin, faqat tavakkal qilishdan cho‘chimang. Yoringiz bilan yo‘llaringiz ayro tushsa, do‘stona munosabatni saqlab qoling.

Ot — javzo. Ehtimol, muhabbat va karera borasida barqarorlik saqlanib qolar, biroq moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelasiz. Ayniqsa, qarz oldi-berdisida sergaklikni yo‘qotmang.

Ot — saraton. 2016 yilda sizni o‘ylantirgan pul bilan bog‘liq muammolar chekina boshlaydi. Faqat bor-budingizni mashina, uy yoki sayohatga sarflashga shoshilmang. Reja bilan ish ko‘ring.

Ot — asad. 2017 yil hordiq olish uchun eng qulay palla. Shunday ekan, yangi xobbi toping. Masalan, rasm chizish yoki raqs tushishni o‘rganing. Natijada yangi qirralaringizni kashf etasiz.

Ot — sunbula. Qizil tovuq yili «sunbula»lar uchun oila yiliga aylanadi. Agar farzand ko‘rish niyatingiz bo‘lsa, 2017 yilda tug‘ilgan chaqaloqlar oilani mustahkamlashini inobatga olib qo‘ying.

Ot — mezon. Yil boshidanoq reja tuzib oling. Shunda yil o‘rtasida maqsadingizga erishasiz. Oila qurishni niyat qilgan «mezon»lar yilning oxirgi choragida harakatni boshlaganlari afzal. Chunki aynan shu paytda o‘rnatilgan rishtalar mustahkam bo‘ladi.

Ot — aqrab. Faqat mustaqil va o‘z kuchiga ishonuvchi «aqrab»largagina baxt yor bo‘ladi. Balkim ikkinchi mutaxassislikka o‘qish yoki malaka oshirish haqida o‘ylab ko‘rishning vaqti etgandir?

Ot — qavs. Engil-elpi hayot kechirish odatingizdan voz kechib, munosabatlarga jiddiy qarang. Bu yil «muxlis»laringiz soni ortsa ortadiki, aslo kamaymaydi. Ulardan eng munosiblarini muloqot doirangizga kiriting.

Ot — jadiy. Yilning o‘rtasiga kelib hayotingizni o‘zgartirish istagi uyg‘onishi mumkin. Balki ishonmassiz, lekin o‘zgarishlar sizga faqat ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ot — dalv. Omad tark etishini istamasangiz, odatlaringizni o‘zgartirmang. Atrofdagilardan qochmay, ochiq chehra bilan muomala qilsangiz, hurmat-e’tiborga sazovor bo‘lasiz.

Ot — hut. Aqlli boshingizga kelgan har bir fikrni yozib qo‘yishga odatlaning. Axir daromaddan quruq qolishni istamaysiz-ku, to‘g‘rimi?


Qo‘y — hamal. Bari oltinchi sezgingizga bog‘liq. U qay yo‘lni tanlashingizni ko‘rsatadi. Hayotingizda kutilayotgan eng katta yangilik esa to‘y!

Qo‘y — savr. 2017 yilda eng birinchi amalga oshiradigan ishingiz o‘zingizni yaxshi ko‘rish bo‘lsin. Aynan shu tuyg‘ugina yo‘lingizda uchraydigan sinovlarni engishda asqatadi.

Qo‘y — javzo. Taqdiringizni o‘zgartirib yuboradigan hodisani o‘tkazib yubormaslik uchun ziyraklikni yo‘qotmang. Etti o‘lchab — bir kesishni o‘rgansangiz, qoqilmaysiz.

Qo‘y — saraton. Ishlaringiz o‘ngidan kelaverganidan omad kalitiga ega chiqqandek his etasiz o‘zingizni. Lotoreyadan yutuq chiqishi yoki katta sovg‘aga ega bo‘lishingizning ehtimoli yuqori. Shunday paytlarda yaqinlaringizni unutib qo‘ymang.

Qo‘y — asad. Noodatiy voqea-hodisalarning markaziga tushib qolasiz. Ko‘mak so‘raganlardan yordamingizni ayamasangiz, bahorda katta o‘zgarishlar yuz beradi.

Qo‘y — sunbula. Ishxonada qat’iyat va sabrni mahkam tutsangiz adashmaysiz. Biroq o‘zingizni uruntirib qo‘ysangiz, salomatligingiz bezovta qilishi mumkin. Tanangizni zo‘riqtirmang.

Qo‘y — mezon. Shu yo‘sinda davom etsangiz, yilning o‘rtalariga kelib lavozimingiz va maoshingiz oshadi. Shuningdek, 2017 yil o‘z biznesingizni yo‘lga qo‘ysangiz, tezda oyoqqa turib olasiz.

Qo‘y — aqrab. Kasbingizni o‘zgartirishingiz yoki o‘zingiz uchun yangi tajriba orttirishni istashingiz mumkin. Mag‘lubiyatga uchrash ehtimollari haqida o‘ylamang-da, ko‘nglingiz tusagan mashg‘ulot bilan shug‘ullaning.

Qo‘y — qavs. Bu yil o‘rganishingiz lozim bo‘lgan eng asosiy narsa — murosai madora! Qizil tovuq yili siz kutgandek bir tekis o‘tmasligi mumkin.

Qo‘y — jadiy. Ko‘ngil masalalarida hammasi joyida bo‘ladi. Muhimi juftingizni xavotirlanishga majbur qilmang. Yaqin kunlarda taqdir sizga ko‘maklashadigan insonni ro‘baro‘ qilishi kutilmoqda.

Qo‘y — dalv. Bu yil xudbinlik sizga xujum uyushtiradi. Uning tuzog‘iga tushmaslik uchun xohish-istaklaringizni jilovlashni o‘rganing.

Qo‘y — hut. Huda-behudaga xafa bo‘ladigan odat chiqarasiz. Shu sabab do‘stlaringizning soni kamayadi. Biroq yaqinlaringiz sizni tashlab qo‘ymaydi. Siz ham ularni ardoqlang.


Maymun — hamal. Garchi omad ortingizdan ergashib yursa-da, shoshqaloqlik va o‘ylamay ish qilish odatlaringiz muammo tug‘diradi.

Maymun — savr. Tavakkalga rozi bo‘lsangiz, qo‘l urgan ishlaringiz o‘ngidan keladi. Pishib turgan oshni tagiga oldirib yuborishni istamasangiz, yumushlarni ortga surishni bas qiling.

Maymun — javzo. Yangi bilim va ko‘nika orttirishdan qochmasangiz, martabangiz ortadi. Tabiiyki, daromadingiz ham! Muhimi, harakatdan to‘xtamaslik.

Maymun — saraton. Yilning boshidanoq o‘zgarishlar to‘lqini ostida qolasiz. Hatto vaziyat o‘nglanmasdek tuyulgan taqdirda ham umidingiz uzmang. Axir inson sinovlarda toblanadi.

Maymun — asad. Qarama-qarshi jins vakillarining e’tibori-yu shirin so‘zlardan bezor bo‘lasiz. Maza qilib hordiq chiqarishingiz uchun yaxshi imkoniyat yuzaga keladi. Ulardan unumli foydalaning.

Maymun — sunbula. 2017 yil kutilmagan sovg‘alarga boy bo‘ladi. Nufuzli lavozimni egallash imkoniyati tug‘iladi. Yaxshi insonlar bilan tanishasiz.

Maymun — mezon. Faqat mablag‘ topish haqida o‘ylayvermay dunyoqarashingizni kengaytirishga intiling. Vaqtingizni o‘z ustingizda ishlashga sarflang. Shunda katta daromad olish ehtimoli yuzaga keladi.

Maymun — aqrab. Qizil tovuq yilida chinakam erk nimaligini tuyasiz. Sevimli mashg‘ulotingiz va nihoyat foyda keltira boshlaydi. Eng muhimi, yaqin kishilaringiz doim yoningizda bo‘lishadi.

Maymun — qavs. Odamlardan qochishni bas qiling-da, biroz kirishimli bo‘ling. Shunda bu yil hayotingizda kutilmagan o‘zgarishlar yuz beradi. O‘zingizni sevishni o‘rgatadigan insonni uchratasiz.

Maymun — jadiy. O‘ylamay qabul qilgan qarorlaringiz tufayli pand eysiz. Yaxshisi, sinalgan insonlar bilan aloqalarni mustahkamlang. Sevgan yoringizning ko‘nglini olishga intilsangiz, sayi-harakatlaringiz besamar ketmaydi.

Maymun — dalv. Qiziqarli takliflarni rad etishga shoshilmang. Shunda daromadingiz bir necha barobar ortadi. O‘zingizni yoqimli xaridlar bilan xushnud etasiz.

Maymun — hut. Yil davomida sabringiz sinovdan o‘tadi. Albatta, mukofoti ham shunga yarasha. Qarorlaringiz oilangiz farovonligiga ta’sir ko‘rsatishini yoddan chiqarmang.


Tovuq — hamal. Tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun eng qulay fursatdan foydalanib qoling. Tavakkal qilishni istamasangiz, daromadingizni ko‘paytirishning boshqa usullarini izlang.

Tovuq — savr. O‘tgan yili yaxshi mehnat qildingiz, peshana teringiz bilan topganlaringizni behuda sarflamang. Katta pul tikib qaltis ish boshlamaganingiz ma’qul.

Tovuq — javzo. Yilni tinch va xotirjam o‘tkazishini istasangiz, g‘iybatlarga quloq solmang. Do‘stu dushmanni farqlab olsangiz, ig‘vogarlarning tuzog‘iga tushmaysiz. Mushkul vaziyatlarda qalbingizga quloq tuting.

Tovuq — saraton. Serg‘ayrat inson ekaningizni atrofingizdagilar yaxshi bilishadi. Biroq ba’zida bu odatingiz pand beradi. Har bir ishda me’yor borligini unutmasangiz bo‘lgani.

Tovuq — asad. «Asad»lar ishda ham, uyda ham yaqinlarining tavsiyalariga suyanishga odatlanishgan. Yilning birinchi yarmida safarga chiqmaslikka harakat qiling.

Tovuq — sunbula. Ijod qilishingiz uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Mansab pillapoyalaridan odimlashingizda ham aynan shu qobiliyatingiz qo‘l keladi. O‘z ustingizda ishlashdan to‘xtamang.

Tovuq — mezon. Yaqinlaringiz qarz so‘rashsa, rad etmaganingiz ma’qul. Vaqti-soati etganida ortig‘i bilan qaytarishadi. Kuzga borib echimini kutib yotgan muammolar o‘z-o‘zidan hal bo‘ladi.

Tovuq — qavs. Qiziqqonligingiz ishingizni ortga surishi mumikn. Shu odatingizni bartaraf etsangiz, mablag‘ingiz ham, do‘stlaringiz ham ko‘payadi.

Tovuq — jadiy. Sobitqadamligingizga ko‘pchilikning havasi keladi. Faqat ish bilan chalg‘ib, oilangizga vaqt ajratish esingizdan chiqmasin.

Tovuq — dalv. Asosiy vaqtingizni do‘kon aylanish va xaridlarga bag‘ishlaysiz. Biroq keraksiz narsalarga pul sarflab qarzga botib qolmang.

Tovuq — hut. «Hut»lar uchun 2017 yil serhasham va quvonchli kechadi. Uyda ham, ishda ham, dam olishda ham hayotning barcha yaxshiliklari siz tomon yo‘naltirilgan.


It — hamal. Mana, sizning davringiz keldi. Qo‘lingiz tekkan har bir ish gurkirab rivojlanadi. Hech ikkilanmay tavakkal qilavering.

It — savr. Yolg‘iz «savr»lar o‘z juftlarini topadilar. Moliyaviy ahvolingiz havas qilgulik darajaga etadi.

It — javzo. Muhabbatingiz yoki yaqin do‘stingiz yonginangizda-yu, keraksiz mayda-chuydalarga chalg‘ib, unga e’tibor bermayapsiz. Shuningdek, qizil tovuq yilida o‘z ustingizdan ishlashdan to‘xtamang.

It — saraton. 2017 yilda hayotingizni muhabbat boshqaradi. Juftingizga ham, bolalaringizga ham mehringiz toblanadi. Yaqinlaringiz sizdan quvvat olib, katta yutuqlarga erishadilar.

It — asad. Ko‘chmas mulk singari katta xaridlarni amalga oshirmaganingiz ma’qul. Shu bilan birga, yulduzlar faqat ishongan insonlaringizga qarz berishni tavsiya etishmoqda.

It — sunbula. Kishilarni ohanrabodek o‘zingizga jalb etasiz. Natijada begonalar ham yuz yillik qadrdoningizga aylanadi. Oilali «sunbula»lar turmushning mushtiga uchrashlari mumkin. oqillik bilan bunga chap bering.

It — mezon. Qizil tovuq yili eshik qoqqan kundan boshlab ba’zi do‘stlaringiz oqibatsizlik qilishlari mumkin. Bundan tushkunlikka tushmang. Hayotning o‘zi saragini sarakka ajratib berayapti, axir.

It — aqrab. Ba’zida atrofingizdagilar sizni tushunmayotgandek, unutib yuborgandek tuyulsa-da, aslida doim qalblarida saqlashadi. Ehtimol o‘zingiz tashabbusni qo‘lga olarsiz?

It — qavs. Garchi dalillar shaxsiy fikringizga qarshi turgan bo‘lsa-da, qarorlaringizni o‘zgartirmang. 2017 yilda moliyaviy ahvolingiz o‘zgarmaydi. Muammolaringizni esa bosiqlik bilan hal eting.

It — jadiy. Anchadan beri ko‘zlab yurgan marralaringizga erishasiz. Yoningizda sinalgan do‘stu yoringiz borligi juda qo‘l keladi.

It — hut. Xayolingizda «pishitib» yurgan rejalaringizni amalga oshirishni kechiktirmang. Eski yaralaringiz yangilanishi ehtimoldan xoli emas. Salomatligingizga alohida e’tibor qarating.


To‘ng‘iz — hamal. Taqdir sizga foydali tanish-bilishlar va katta miqdordagi mablag‘ni yo‘llamoqchi. Ulardan o‘z o‘rnida foydalana olsangiz, pichog‘ingiz moy ustida bo‘ladi.

To‘ng‘iz — savr. Bu yilda barcha harakatlaringiz oilani mustahkamlashga qaratilishi lozim. Tushunmovchiliklar munosabatlaringizga soya solishiga yo‘l qo‘ymang.

To‘ng‘iz — javzo. 2017 yilda ashaddiy dushmaningiz — dimog‘dorlikdan xalos bo‘lishga harakat qiling. O‘zingizni o‘zgartirish orqali yanada yangi marralarga erishasiz.

To‘ng‘iz — saraton. O‘tgan yili biroz tanballik qilganingizni tan oling-da, bu yil bor shijoatingiz bilan mehnat qilishga so‘z bering. Qarshingizda shunday eshiklar ochilayaptiki, bunaqasini hatto tushingizda ham ko‘rmagansiz.

To‘ng‘iz — asad. 2017 yilning boshi o‘yin kulgu va xushkayfiyatda o‘tadi. Oxirigacha shu quvnoqlikni saqlab qoling. Yaqin insoningizning ko‘ngliga quloq tuting. Bu tushunmovchiliklarni bartaraf etishga ko‘maklashadi.

To‘ng‘iz — sunbula. Diqqatingizni bir yo‘nalishga qaratganingizdagina muvaffaqiyatga erishasiz. Yulduzlar biror sport turi bilan shug‘ullanishni tavsiya etishmoqda. Shuningdek, foydali taomnoma ham e’tibordan chetda qolmasin.

To‘ng‘iz — mezon. Yilning ikkinchi yarmida qo‘shimcha daromad olishingiz uchun qulay imkoniyat tug‘iladi. Bu pullarga qimmatbaho metallardan birini xarid qilsangiz, yanglishmaysiz. Qa’tiyatingizni namoyon etsangiz, ko‘pchilikning xurmatiga erishasiz.

To‘ng‘iz — aqrab. Yil boshida ishxonada kichik muammolar vujudga kelsa-da, ikkinchi yarmida taqdiringizga ta’sir qiluvchi insonni uchratasiz. Agar ishingizni o‘zgartirish niyatingiz bo‘lsa, hech ikkilanmay birinchi qadamni tashlayvering.

To‘ng‘iz — qavs. «Qavs»larning asosiy shiori «Boshingga ne ish kelsa, tilingdan bil…» bo‘lishi kerak. Agar suyaksiz tinlini jilovlay olsalar, bari yaxshi bo‘ladi. Qizil tovuq yili barakali keladi.

To‘ng‘iz — jadiy. Juftingiz kutilmagan sovg‘alar bilan ko‘nglingizni ko‘taradi. Yilning ikkinchi yarmida salomatligingiz yomonlashishi mumkin. Buning oldini olish uchun sho‘r va achchiq eguliklardan voz keching.

To‘ng‘iz — dalv. Omaddan boshingiz aylanib qolmasa bo‘lgani. Faqat amalga oshirolmaydigan va’dalarni berishdan ehtiyot bo‘ling.

To‘ng‘iz — hut. Shaxsiy hayotingizda kutilmagan yangiliklar yuz beradi. Biroq karerangizda chekinish kuzatilishi mumkin.

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 2017 yilda sizni nimalar kutmoqda? Hali bunaqasi bo‘lmagan!