Kun davomida yuz ifodamiz 15000 marta o‘zgaradi, shuning uchun mayda ajinchalar paydo bo‘lishidan qochib qutula olmaymiz. Lekin kulganimizda, faqatgina 14 ta muskulimiz, xo‘mrayganimizda esa 70 ta muskulimiz burishadi. Shuning uchun kulishdan o‘zingizni tiymang. Yoshligimizni va terimizni chiroyli saqlab qolish uchun, uning eng xavfli dushmanlarini iloji boricha yo‘qotishimiz kerak. Bular qaysi dushmanlar va ularni qanday qilib yo‘qota olamiz.
Kam uyqu. Fransuz olimlari tajribalaridan kelib chiqib, kam uxlaydigan kishilarning terisi qarish prosessini tezlashtiradi degan xulosaga kelishdi. Aksingiz sizni quvontirishi uchun, har kuni 7-8 soat uxlashingiz kerak. Har kuni, bir vaqtda uxlashga harakat qiling.
Ultrabinafsha nurlaridan aziyat chekish. Oftob nurlari orqali terimiz oftobda toblanadi, lekin u bilan birga uni qaritadigan ultrabinafsha nurlarini ham oladi. Undan saqlanish uchun — ko‘chaga chiqishdan oldin, yuzingizga SPF filtrli kremlarini surtib chiqing.
Yomon ekologiya. Shahar havosining gazlanganligi bizning yuzimizda o‘z ifodasini ko‘rsatadi. Ozgina bo‘lsada, bunga qarshilik ko‘rsatish, uchun terini yumshatuvchi krem surtmalardan foydalaning. Tarkibida antioksidant mavjud kremlar ayni muddao. Bunday turdagi kremlar qal’a vazifasini bajaradi.
Stress. Barcha asabiylashlaringiz yuzingizda o‘z ifodasini topadi. Quruqlik sezuvchanlik pigmentatsiya bularning barchasi ichki zo‘riqishdan kelib chiqadi. Shuning uchun, har bir ish kunidan so‘ng, o‘zingizni bo‘sh qo‘ying tinchlaning. Klassik musiqalar tinglang va quvnoq kino filmlarni tomosha qiling. 37* S suvga, uch to‘rt tomchi lavanda, yoki sitrus yog‘ini solib, 20 daqiqa xushbo‘y vanna qabul qiling. Bularni hammasi sizga qalb garmoniyasini tiklashga yordam beradi, demak, teringizni ham strescdan avaylaydi.
Umid qilamizki, ushbu lavhamiz ayollar va erkaklarga birdek manzur bo‘ladi. Chunki qarimaslikni va ajinlarsiz jozibali ko‘rinishni barchamiz birdek istaymiz. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Abdusalom Azizovning Xavfsizlik kengashiga o‘tkazilgani tasdiqlanmadi
Bahodir Qurbonov DXX raisi etib tayinlandi
Abdulla Aripov Boysunda bo‘lib qaytdi: “Prezidentimiz, odamlar ko‘chishga rozimi-rozimasmi, dedilar”
BAAda isroillik ravvin o‘ldirilishi yuzasidan O‘zbekiston tomoni bayonot berdi
Xalqaro sud qarori: Netanyaxu va Gallant hibsga olinsa nima bo‘ladi?