Xitoyda dahshatli holat: begona erkak yosh qizchani ko‘tarib kanalga otib yubordi (video)

Xitoyda dahshatli holat: begona erkak yosh qizchani ko‘tarib kanalga otib yubordi (video)

Guandun provinsiyasining Shantu shahrida bir erkakning yosh qizchani kanalga tashlagani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Hodisa yo‘l chetida, odamlar ko‘z o‘ngida sodir bo‘lgan.

Kadrlarda skuterda o‘tib ketayotgan yo‘lovchi hech ikkilanmay transport vositasini to‘xtatib, suvga sakraganini ko‘rish mumkin. Qirg‘oqdagi yana bir guvoh ham unga qo‘shilib, qizchani chiqarib olishga yordam bergan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu ishni qilgan erkak qizchaning ruhiy kasallikdan aziyat chekuvchi akasi bo‘lgan. U hodisadan so‘ng maxsus shifoxonaga joylashtirilgan.

Qizcha omon qolgan va unda jarohat aniqlanmagan. Shantu mahalliy ma’muriyati esa tezkor harakat qilgan ikki kishini rasman taqdirlagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar