Qozog‘istonlik podpolkovnik nafaqaga chiqqach, bolalikdagi orzusi bo‘lgan raqs o‘qituvchisiga aylandi (video)

Bolatbek Seydalin uzoq yillar Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligining ekspert-kriminalistika tizimida faoliyat yuritgan. U 20 yildan ziyod xizmat qilib, podpolkovnik unvonida nafaqaga chiqqan.
Xizmat yillari ortida qolgach, Bolatbek bolalikda amalga oshmay qolgan orzusini esladi. U maktabning birinchi sinfidayoq raqsga qiziqqan va to‘garakka qatnashgan. Ammo o‘sha paytda o‘g‘il bola sport bilan shug‘ullanishi kerak, degan fikr sabab raqsni tashlashga majbur bo‘lgan.
Oradan ko‘p yil o‘tib, 50 yoshdan keyin u bu qarorni o‘zgartirdi. Bolatbek Ostonadagi bir nechta raqs maktabida besh yil tahsil oldi. Salsa va bachata bo‘yicha mashg‘ulotlarga muntazam qatnashib, bu yo‘nalishlarni yaxshi o‘zlashtirdi.
Shundan so‘ng u shaharning raqs jamoasiga qo‘shildi va o‘qituvchilik qilishni boshladi. Hozir Bolatbek nafaqadagi ofitser emas, raqsga qiziquvchilarga saboq berayotgan ustoz sifatida faoliyat yuritmoqda.































Izohlar 0
…