AQSH bayrog‘ini ko‘tarib uchayotgan parashyutchi odamlar ustiga quladi

AQSH Mustaqilligining 250 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlardan birida kutilmagan hodisa yuz berdi. Bayram dasturi doirasida osmonda AQSH bayrog‘ini hilpiratib parvoz qilayotgan parashyutchi qo‘nish chog‘ida boshqaruvni yo‘qotib, tomoshabinlar to‘plangan hududga qulab tushdi.
Voqea guvohlari tomonidan tasvirga olingan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqaldi. Lavhalarda parashyutchining yerga yaqinlashayotgan paytda yo‘nalishni nazorat qila olmagani va natijada odamlar turgan joyga tushgani aks etgan.
Hodisadan so‘ng tadbir tashkilotchilari parashyutchiga zudlik bilan yordam ko‘rsatilganini ma’lum qildi. Ularning bildirishicha, parashyutchining ahvoli yaxshi va hodisa oqibatida jiddiy jarohat olmagan.
Mazkur voqea bayram ishtirokchilari orasida qisqa muddat sarosima uyg‘otgan bo‘lsa-da, tadbir belgilangan dastur asosida davom ettirilgan.































Izohlar 0
…