Eng yomon er qaysi kuni tug‘ilgan? Ruhshunoslardan "antiqa" antireyting!

Eng yomon erlar antireytingida 1-o'rinni 6, 15 va 24-sanada tug'ilgan, uydagi qulaylikni ustun qo'yib, dam olish va yalqovlikni yoqtiradigan "divan qirollari" egallagan. 2-o'ringa 5, 14 va 23-sanada tug'ilgan kirishimli, ammo o'ta arazchi erkaklar, 3-o'ringa 4, 13, 22 va 31-sanada tug'ilgan doimiy norozi "ming'irloqlar", 4-o'ringa 2, 11, 20 va 29-sanada tug'ilgan drama qiroli va manipulyatorlar, 5-o'ringa esa 9, 18 va 27-sanada tug'ilgan emotsional beqaror erkaklar kiritilgan…
Kimdir oilaviy hayotda o‘ta yalqov va beparvo, boshqasi esa doimiy ming‘irlash va ezmalik bilan turmush o‘rtog‘ining asabini egovlaydi. Numerologlar va oilaviy psixologlar erkaklarning tug‘ilgan sanasiga qarab, ularning oilaviy hayotdagi eng nozik hamda injiq tomonlarini ochib beruvchi qiziqarli antireytingni tuzib chiqishdi.
Ushbu ro‘yxatni ko‘zdan kechirib, juftingizning xarakteridagi ba’zi sirlarni fosh etishingiz mumkin!
Eng yomon erlar antireytingi (1-dan 9-o‘ringacha):
1-o‘rin: 6, 15 va 24-sanada tug‘ilganlar — "Divan qirollari"
Bu sanada tug‘ilgan erkaklar uydagi qulaylikni hamma narsadan ustun qo‘yishadi. Ularni divandan turg‘izish va biror foydali ishga undash haqiqiy mashaqqat. Ularning asosiy xobbisi — dam olish va yalqovlik.
2-o‘rin: 5, 14 va 23-sanada tug‘ilganlar — Kirishimli va o‘ta arazchi
Ular har kim bilan tez chiqishib ketaveradi, ammo shu bilan birga juda ginachi. Kichik bir gapdan arazlab, kunlab sukut saqlashi va oilada sovuqlik paydo qilishi mumkin.
3-o‘rin: 4, 13, 22 va 31-sanada tug‘ilganlar — Doimiy norozi "ming‘irloqlar"
Bu erkaklarga hech narsa yoqmaydi. Uy issiq bo‘lsa ham, taom shirin bo‘lsa ham, ular albatta kichik bir xato topib, kun bo‘yi ming‘irlab yurishga sabab topishadi.
4-o‘rin: 2, 11, 20 va 29-sanada tug‘ilganlar — Drama qiroli va manipulyator
Ular o‘zini bechora ko‘rsatishni va ayolini aybdordek his qildirishni juda yaxshi uddalashadi. Manipulyatsiya ularning asosiy "urog‘i" bo‘lib, psixologik bosim o‘tkazish bo‘yicha mutaxassis hisoblanishadi.
5-o‘rin: 9, 18 va 27-sanada tug‘ilganlar — Emotsional beqaror
Ularning kayfiyatini oldindan taxmin qilib bo‘lmaydi. Bir soniyada mehribon va quvnoq bo‘lsa, keyingi daqiqada asossiz jahli chiqib, portlab ketishi mumkin.
6-o‘rin: 7, 16 va 25-sanada tug‘ilganlar — Ishonchsiz va bema’ni xayolparastlar
Bu sanada tug‘ilganlar tez-tez mantiqsiz xayollar yoki nojoiz ishlar bilan shug‘ullanib, atrofdagilarni hayratda qoldirishadi. Oilaviy hayotda ularga suyanish va to‘liq ishonish ancha qiyin.
7-o‘rin: 3, 12, 21 va 30-sanada tug‘ilganlar — Qaysar va o‘ta ezma
Fikrini o‘zgartirishning umuman iloji yo‘q. Agar ular bir narsani noto‘g‘ri deb hisoblasa, sizni soatlab ezmalik bilan ishontirishga urinishadi.
8-o‘rin: 8, 17 va 26-sanada tug‘ilganlar — Mehnatkash, munosabatlarga vaqti yo‘q
Ular kun-u tun ishlaydi. Uyda moddiy farovonlik bo‘lishi mumkin, ammo shaxsiy munosabatlar va oilaviy hordiq uchun ularda hech qachon vaqt topilmaydi.
9-o‘rin: 1, 10, 19 va 28-sanada tug‘ilganlar — Juda mukammal (ideal)
Hamma narsani a’lo darajada bajaradi. Sarishta, mas’uliyatli va mukammal. Ammo aynan shu "mukammalligi" va hammadan shuni talab qilishi bilan juftining asabiga tegadi.
Fikringizni izohda qoldiring va maqolani tanishlaringizga Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ulashing!































Izohlar 0
…