Arnasoyda soliq qarzi uchun 2 nafar fermerning inomarka avtomashinalari xatlandi

Byuroning Arnasoy tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan ijro hujjatlari asosida davlat budjeti oldida soliq qarzdorligi mavjud bo‘lgan 2 nafar fermer xo‘jaligi rahbarlariga nisbatan majburiy ijro choralari ko‘rildi. Qarzdorlarga soliq qarzini ixtiyoriy ravishda to‘lash uchun qonunchilikda belgilangan muddat berilgan bo‘lsa-da, ular tomonidan qarzdorlik o‘z vaqtida bartaraf etilmagan.
Shundan so‘ng davlat ijrochilari tomonidan qarzdorlarga tegishli mol-mulklar o‘rganilib, ularning mulkida bo‘lgan inomarka rusumli avtotransport vositalari xatlovga olinib, tegishli protsessual hujjatlar rasmiylashtirildi.
Ma’lum qilishicha, agar qarzdorlar tomonidan soliq qarzlari belgilangan muddatda to‘liq qoplanmasa, xatlangan avtotransport vositalari baholanib, elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilishi mumkin.
Savdodan tushgan mablag‘lar esa davlat budjeti oldidagi qarzdorlikni qoplashga yo‘naltiriladi.
Fikringizni izohda qoldiring va maqolani tanishlaringizga Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ulashing!































Izohlar 0
…