Noqonuniy egallangan yer maydoni bo‘shatildi

Yangihayot tumanidagi Al-Farg‘oniy ko‘chasi 68-uy yonida N.B. tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonidagi noqonuniy inshootlar buzildi. Majburiy ijro byurosining Yangihayot tuman bo‘limi davlat ijrochilari amalga oshirgan tadbirlar natijasida hudud asl holatiga keltirildi. Ijro ishlari fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, yerdan qonuniy foydalanish hamda shaharsozlik talablariga rioya etilishini ta'minlashga qaratildi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor N.B. tomonidan Yangihayot tumani Al-Farg‘oniy ko‘chasi 68-uyning yon qismida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonida qurilgan noqonuniy inshootlarni buzish haqidagi ijro harakatlari amalga oshirildi.
Majburiy ijro byurosi Yangihayot tuman bo‘limining davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan tushuntirish ishlari va qonunchilik talablari ijrosini ta’minlash choralari natijasida mazkur hududda qurilgan noqonuniy qurilmalar buzdirilib, yer maydoni asl holatiga keltirildi.
Amalga oshirilgan ijro tadbirlari orqali fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, yerdan qonuniy foydalanish tartibini ta’minlash hamda shaharsozlik talablariga rioya etilishini ta’minlashga erishildi.
Fikringizni izohda qoldiring va maqolani tanishlaringizga Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ulashing!































Izohlar 0
…