Olimlar jiddiy xavfdan ogohlantirdi:tarixidagi eng issiq yil kelmoqda

Olimlar jiddiy xavfdan ogohlantirdi:tarixidagi eng issiq yil kelmoqda
Qisqacha

2026 yil insoniyat tarixidagi eng issiq yil sifatida qayd etilishi mumkin. Bunga Tinch okeanidagi El-Nino hodisasining kuchayishi, okean suvlari haroratining misli ko'rilmagan darajaga ko'tarilishi va atmosferadagi issiqxona gazlari miqdorining ortishi sabab bo'lmoqda. Okeanlar yuzasidagi rekord harorat atmosferaga qo'shimcha issiqlik chiqarib, jazirama, qurg'oqchilik, o'rmon yong'inlari va kuchli yog'ingarchiliklar kabi ekstremal ob-havo hodisalarini kuchaytirishi mumkin.

2026 yil insoniyat tarixidagi eng issiq yil sifatida qayd etilishi mumkin. Dunyo iqlimshunoslari bu borada jiddiy ogohlantirish bilan chiqib, global harorat yana yangi rekordlarni yangilashi ehtimoli yuqori ekanini ta’kidlamoqda.

Mutaxassislar fikricha, Tinch okeanida kuzatilayotgan El-Nino tabiiy hodisasining kuchayishi hamda okean suvlari haroratining misli ko‘rilmagan darajaga ko‘tarilishi butun dunyo bo‘ylab havo haroratining keskin oshishiga olib kelishi mumkin.

Olimlar ma’lum qilishicha, so‘nggi oylarda okeanlar yuzasidagi harorat ko‘p yillik kuzatuvlar davomida qayd etilmagan darajaga yetgan. Bu esa atmosferaga qo‘shimcha issiqlik chiqarib, ekstremal ob-havo hodisalarining soni va kuchini oshirishi mumkin.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, agar bu tendensiya saqlanib qolsa, dunyoning qator hududlarida uzoq davom etadigan jazirama, qurg‘oqchilik, o‘rmon yong‘inlari va kuchli yog‘ingarchiliklar yanada tez-tez kuzatilishi ehtimoldan xoli emas.

Ekspertlar bu jarayonga faqat El-Nino emas, balki atmosferada issiqxona gazlari miqdorining yil sayin ortib borayotgani ham katta ta’sir ko‘rsatayotganini qayd etmoqda. Ularning fikricha, iqlim o‘zgarishi tobora tezlashib, sayyoraning turli mintaqalarida yangi ekologik muammolarni yuzaga keltirmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar