Hayotingizni barbod qiluvchi 20 turdagi "do‘st": Ulardan zudlik bilan uzoqlashing!

Psixologiya va shaxsiy o'sish mutaxassislari ruhiy salomatlik, karyera va shaxsiy rivojlanishga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan 20 turdagi toksik insonni do'stlar ro'yxatidan chiqarishni tavsiya qilgan. Ular qatoriga doimiy yolg'onchi, xoin, hasadgo'y, g'iybatchi, drama ishqibozi, foydalanuvchi, soxta xayrixoh, narsiss va doim norozi insonlar kiradi.
Psixologlarning ta’kidlashicha, inson atrofidagi eng yaqin 5 nafar odamning o‘rtacha aksi hisoblanadi. Ammo ba’zi "do‘stlar" borki, ular bilan munosabat o‘rnatish ruhiy salomatligingiz, karyerangiz va shaxsiy rivojlanishingizga jiddiy putur yetkazadi.
Psixologiya va shaxsiy o‘sish mutaxassislari do‘stlik ruyxatidan zudlik bilan chiqarib tashlash kerak bo‘lgan 20 turdagi toksik insonlar toifasini aniqlab berishdi.
Do‘stlashib bo‘lmaydigan 20 turdagi toksik insonlar:
Doimiy yolg‘onchi — haqiqat u uchun hech qanday qiymatga ega emas. U bilan samimiy munosabat qurib bo‘lmaydi.
Xoin (xiyonatkor) — manfaatdorlik va o‘ziga foydali bo‘lgan paytda sizni o‘ylamay sotib yuboradi.
Hasadgo‘y — sizning muvaffaqiyatingizdan ichi qoralanib, muvaffaqiyatlaringizdan nafratlanadi.
Hamma narsani biluvchi va solishtiruvchi — doim musobaqalashadi: unda hamma narsa yo sizdan ko‘ra yomonroq, yoki atayin yaxshiroq ko‘rsatiladi.
G‘iybatchi — eng yaqin sirlaringizni yong‘indek atrofdagilarga tarqatadi.
Drama ishqibozi — doimiy janjal va tartibsizlik (xaos) ichida yashaydi, sizni ham shu muhitga tortishga urinadi.
Foydalanuvchi — faqat biror narsa, yordam yoki pul kerak bo‘lgandagina paydo bo‘ladi.
Soxta xayrixoh — yuzingizga mayin tabassum qiladi, ammo ichida va orqangizdan mag‘lubiyatingizni tilaydi.
Narsiss (o‘ziga bino qo‘ygan) — dunyo faqat uning atrofida aylanadi, deb hisoblaydi va faqat o‘zi haqida o‘ylaydi.
Doim norozi — to‘xtovsiz shikoyatlari, salbiy energiyasi bilan sizni ruhan holdan toydiradi.
Manipulyator — sizning his-tuyg‘ularingizni o‘ynab, sizni boshqarish uchun hamma narsani teskariga ag‘daradi.
Munofiq (ikkiyuzlamachi) — tilida boshqa gap, amalda va ortingdan butunlay boshqa ish.
Hurmatsiz inson — sizni, vaqtingizni va tuyg‘ularingizni mo‘ljalga olmaydi va hisoblashmaydi.
Majburiyatlardan qochuvchi — qiyin damda unga suyanib bo‘lmaydi, mas’uliyatdan qochadi.
Pessimist (tushkunlikka beriluvchan) — hali boshlashingizdan oldin orzularingizni barbod qiladi va ishtiyoqni so‘ndiradi.
Dangasa — barcha og‘ir ishlarni va mas’uliyatni siz qilishingizni kutib yashaydi.
Ayblovchi — o‘z xatolari uchun hech qachon mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olmaydi, doim boshqalarni aybdor qiladi.
Doimiy "jabrdiyda" — vaziyat qanday bo‘lishidan qat’i nazar, har doim o‘zini jabr ko‘rgan deb ko‘rsatadi, ammo hech qachon aybdor emas.
O‘ylamasdan tavakkal qiluvchi — beburd xatti-harakatlari bilan sizni xavfli va noto‘g‘ri qarorlar tomon sudraydi.
Chegaralarni buzuvchi — shaxsiy hududingiz va chegaralaringizni zinhor hurmat qilmaydi.
Fikringizni izohda qoldiring va maqolani tanishlaringizga Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ulashing!































Izohlar 0
…