Qashqadaryoda 19 yoshli yigit voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgani uchun qamaldi

Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida 19 yoshli yigit voyaga yetmagan qizning uyiga ruxsatsiz kirib, unga nisbatan nomaqbul harakatlar qilgani uchun 5 sutkaga ma’muriy qamoqqa olindi. U 12 iyun kuni soat 00:00 atrofida qizning yashash xonadoniga kirgan. Shuningdek, avvalroq umumiy ovqatlanish shoxobchasida qizning qo‘lidan ushlab, uni quchoqlagan va shahvoniy xususiyatga ega nomaqbul harakatlarni sodir etgan. Sud yigitni aybdor deb topdi.
Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida 19 yoshli yigit voyaga yetmagan qizga nisbatan sodir etgan nomaqbul harakatlari uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Ma’lum qilinishicha, yigit joriy yilning 12 iyun kuni tungi soat 00:00 atrofida o‘ziga avvaldan tanish bo‘lgan voyaga yetmagan qizning yashash xonadoniga ruxsatsiz kirib, turar joy daxlsizligini buzgan.
Bundan tashqari, u avvalroq umumiy ovqatlanish shoxobchasida qizning qo‘lidan ushlab, uni quchoqlagan hamda shahvoniy xususiyatga ega bo‘lgan nomaqbul harakatlarni sodir etgan.
Mazkur holat yuzasidan ish sudda ko‘rib chiqildi. Sud qaroriga ko‘ra, yigit aybdor deb topilib, unga 5 sutka muddatga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.






























Izohlar 0
…