Tottenxem Krisian Romeroni Arsenalga sotishni qatʼiyan rad etdi

Tottenxem sardori Krisian Romeroni asosiy raqibi Arsenalga sotishni qat'iyan rad etdi. Arsenal Uilyam Salibaning jiddiy jarohati sabab himoyachi izlayotgan va avval Ezri Konsa uchun 60 million funt sterlinglik taklifi rad etilgach, Romeroga qiziqish bildirgan edi. Tottenxem Romeroni faqat xorijiy klublarga sotishga tayyor, Atletiko Madrid esa 28 yoshli himoyachini qo'lga kiritish uchun kurashmoqda.
Angliya Premer-ligasining yetakchi jamoalaridan biri boʻlmish Tottenxem oʻz sardori Krisian Romeroni asosiy raqibi Arsenalga qoʻyib yuborish niyati yoʻqligini qatʼiyan bildirdi. Transfer oynasi yopilishiga oz qolgan bir paytda Shimoliy London derbisi vakillari oʻrtasida kutilmagan kelishuv amalga oshmasligi oydinlashdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
The Athletic nashrining xabar berishicha, Arsenal rahbariyati himoya chizigʻini kuchaytirish maqsadida kutilmaganda argentinalik markaziy himoyachiga qiziqish bildirgan. Bunga jamoaning asosiy himoyachilaridan biri Uilyam Salibaning jiddiy jarohat olgani sabab boʻlgan. Fransuz futbolchisi JCh bahslarida ogʻriqlar bilan oʻynagani bois, endi uzoq muddatga safdan chiqqan.
Himoyadagi muammolar va muvaffaqiyatsiz urinishlar
Salibaning safdan chiqishi amaldagi chempionlarni transfer bozorida faol harakat qilishga majbur qildi. Operatsiya talab etilmasa-da, frantsiyalik futbolchi mavsumning muhim qismini oʻtkazib yuborishi aniq. Arsentalsiz qolgan Arsenal bundan oldinroq Aston Villa himoyachisi Ezri Konsa uchun rasmiy taklif yuborgan edi. Biroq Villa klubi ingliz futbolchisi uchun 60 million funt sterling talab qilib, taklifni rad etgan.Shundan soʻng Arsenal rahbariyati eʼtiborini Krisian Romeroga qaratgan edi. Ammo Tottenxem oʻzining asosiy raqibiga futbolchi sotmasligini qatʼiy maʼlum qildi. Klublar oʻrtasidagi keskin raqobat sababli bu transferning amalga oshishi mutlaqo imkonsiz deb baholanmoqda.
Romeroning kelajagi va Yevropa klublari qiziqishi
Arsenal variantidan mahrum boʻlgan Tottenxem rahbariyati himoyachini faqatgina xorijiy klublarga sotishga tayyorligini bildirgan. GOAL.com maʼlumotiga koʻra, mazkur vaziyatdan Atletiko Madrid klubi unumli foydalanishga urinmoqda. Ispaniya grandi 28 yoshli markaziy himoyachini oʻz safiga qoʻshib olish uchun kurashni davom ettirmoqda.Avvalroq Tottenxem Italiyaning Inter klubi bilan futbolchi transferi boʻyicha 40 million yevro (34 million funt) miqdoridagi kelishuvga erishgani xabar qilingan edi. Biroq Romeroning A Seriya klubi bilan shaxsiy shartnofa shartlarini hamon kelishib ulgurmagani boshqa daʼvogarlarga imkoniyat qoldirmoqda.
Shuni alohida taʼkidlash joizki, Tottenxem rahbariyati Krisian Romeroning ehtimoliy ketishiga oldindan tayyorgarlik koʻrib qoʻygan. Shimoliy London klubi transfer oynasi davomida himoya chizigʻini sezilarli darajada mustahkamlashga ulgurdi:
- Brayton klubidan Yan-Paul van Heke 52 million funt evaziga xarid qilindi
- Bornmut safidan Markos Senesi erkin agent sifatida jamoaga qoʻshildi






























Izohlar 0
…