Xotirani kuchaytiruvchi eng foydali meva ma’lum qilindi

Xotirani kuchaytiruvchi eng foydali meva ma’lum qilindi
Qisqacha

Muntazam yong'oq iste'moli, ayniqsa jismoniy faolligi past yoki sog'lom ovqatlanishga to'liq amal qilmaydigan insonlarda xotira va kognitiv qobiliyatlarni yaxshilashi mumkin. Food & Function (F&F) jurnalida e'lon qilingan tadqiqotda Framingham Heart Study loyihasi doirasida o'rtacha yoshi 61 bo'lgan 1771 nafar ishtirokchining ma'lumotlari tahlil qilindi.

Muntazam ravishda yong‘oq iste’mol qilish, ayniqsa, jismoniy faolligi past va sog‘lom ovqatlanish tarziga to‘liq amal qilmaydigan insonlarda xotira hamda kognitiv qobiliyatlarni yaxshilashi mumkin. Bu haqda Food & Function (F&F) ilmiy jurnalida e’lon qilingan tadqiqot natijalarida ma’lum qilindi.

Olimlar Framingham Heart Study loyihasi doirasida o‘rtacha yoshi 61 bo‘lgan 1771 nafar ishtirokchining ma’lumotlarini tahlil qildi. Tadqiqot davomida qatnashchilarning yong‘oq iste’moli, xotira va fikrlash testlari natijalari, miya hajmi, neyrotrofik omillar darajasi hamda keyingi 10 yil ichida insult va demensiya holatlari o‘rganildi.

Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, insultni boshdan kechirmagan ishtirokchilar orasida yong‘oqni muntazam iste’mol qilish umumiy kognitiv ko‘rsatkichlarning yaxshilanishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Bu ta’sir ayniqsa kam harakat qiladigan yoki nosog‘lom ovqatlanadigan insonlarda yaqqolroq namoyon bo‘lgan. Shuningdek, jismoniy jihatdan faol qatnashchilarda yong‘oq iste’moli miya hajmining kattaroq bo‘lishi bilan ham bog‘liqligi qayd etilgan.

Biroq tadqiqot mualliflari 10 yillik kuzatuv davomida yong‘oq iste’moli insult yoki demensiya rivojlanish xavfini kamaytirishiga oid ishonchli dalil aniqlanmaganini ham ta’kidladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar