Rossiyadagi dahshatli YTH ikki o‘zbekistonlikning umriga zomin bo‘ldi

Rossiyaning Mordoviya Respublikasida sodir bo‘lgan YTH oqibatida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, yana uch nafari jarohatlandi. Fojia 6 avgust kuni Lyambir tumanidagi Bloxino qishlog‘i yaqinida, M-5 «Ural» avtomagistralining 180-kilometrida Spark avtomobili «MAZ» yuk mashinasi bilan to‘qnashishi natijasida yuz bergan. 1996 yilda tug‘ilgan A.P. va 1997 yilda tug‘ilgan B.A. voqea joyida vafot etgan, 2002 yilda tug‘ilgan A.P., 1989 yilda tug‘ilgan B.A.
Rossiya hududida sodir bo‘lgan og‘ir yo‘l-transport hodisasi ikki nafar O‘zbekiston fuqarosining hayotiga zomin bo‘ldi. Yana uch nafar yurtdoshimiz turli darajada jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, fojia 6 avgust kuni Rossiyaning Mordoviya Respublikasi, Lyambir tumaniga qarashli Bloxino qishlog‘i yaqinidagi M-5 «Ural» avtomagistralining 180-kilometrida yuz bergan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston davlat raqami bilan harakatlanayotgan Spark yengil avtomobili «MAZ» rusumli yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.
Oqibatda 1996 yilda tug‘ilgan A.P. hamda 1997 yilda tug‘ilgan B.A. voqea joyida halok bo‘lgan. Shuningdek, avtomashinada bo‘lgan yana uch nafar O‘zbekiston fuqarosi — 2002 yilda tug‘ilgan A.P., 1989 yilda tug‘ilgan B.A. va 2006 yilda tug‘ilgan A.P. turli tan jarohatlari bilan Mordoviya Respublikasi Markaziy klinik shifoxonasiga olib borilgan.
Bosh konsulxona ma’lumotiga ko‘ra, mazkur holat diplomatik vakolatxona tomonidan nazoratga olingan. Konsullik mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va boshqa mas’ul tashkilotlar bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.
Hozirda halok bo‘lgan fuqarolarning jasadlarini sud-tibbiy ekspertizasi yakunlanganidan so‘ng O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha zarur rasmiylashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, shifokorlar jarohatlanganlarga kerakli tibbiy yordam ko‘rsatgani va ularning shifoxonadan javob berilgani ma’lum qilindi. Yo‘l-transport hodisasining aniq sabablari bo‘yicha Rossiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan tergov harakatlari davom etmoqda.






























Izohlar 0
…