- Sochlar. Sochlaringiz rangini tez-tez o‘zgartirishga odatlanmang, yorqin, ko‘zga tashlanuvchi ranglardan voz keching, iloji boricha sochlaringizning tabiiy rangini saqlashga harakat qiling.
- Poyabzal. Poshnasiz oyoq kiyimlar kiyishni juda boy oligarxlar yoki uy bekalari o‘ziga munosib ko‘radilar. Boshqa hamma holatlarda poshnalar to‘g‘risida unutmang.
- Jinsi shimlar. Bir xil rangli, klassik uslubda va qomatni xipchalashtiruvchi jinsilar tanlaganingiz ma’qul. Bezakli va kashtali jinsilardan voz keching — bunday shimlarni zamonaviy qizlar emas, balki yosh qizchalar o‘ziga ep ko‘rishi mumkin.
- Mashhur brendlar ko‘chirmalari. Garderobingizda mashhur firmalar ko‘chirmalarining paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymang. Bu fosh bo‘lish va muqarrar o‘ng‘aysizlikka olib keladi.
- Botilonlarni yubka bilan kiyishga chek qo‘ying. Bu oyoqlari to‘lachadan kelgan ayollarga xos eng keng tarqalgan odat. Botilonlarni polgacha tushib turuvchi yubkalar bilan kiyish mumkin.
- Tinimsiz mukammal qomatga intilish. O‘z hayotingizni kinolardagi go‘zallarning mukammal o‘lchamlariga sig‘inishga aylantirib yubormang. Har bir ayol o‘zining tabiiy qomati bilan yoqimli. Lekin bu har doim tetik holatda bo‘lish va sport bilan shug‘ullanish zarurligini inkor qilish kerak degani emas.
- Ochiq badanni suiiste’mol qilish. Bluzkangizning materiali badanni yashiradigan darajada qalin, qomatingizning fazilatlari va kamchiliklarini ko‘z-ko‘z qilmaydigan bo‘lishi kerak.
- Manikyur. Odmi manikyur didsiz bezaklar bilan bo‘yalgan uzun qayrilgan tirnoqlardan ko‘ra ancha yaxshiroq ko‘rinadi.
- Ofisda kiyiladigan oyoq kiyim. Ishga uchi ochiq oyoq kiyimlar kiyish man qilinadi, bu nafaqat etika normalariga to‘g‘ri kelmaydi, balki sizning kompaniyangizning ish uslubini ham pasaytiradi.
Manba: «Daryo» “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi