QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
20 iyun kuni taqdir sizni juda badavlat odamlar bilan uchrashtirib qo‘yishi kutiladi. Bu voqea tuyqusdan va kutilmagan joyda sodir bo‘lishi mumkin. Mavqeingizni ko‘tarish uchun ish sifatiga, rahbarlar bilan munosabatlarni yanada mustahkamlashga e’tibor qaratishingiz kerak. Muhabbatda ham omadingiz kuladi. Kechqurun suyganingiz sizga kutilmagan sovg‘a hozirlab turibdi. Sog‘lig‘ingizni hech kimga va hech narsaga ishonmang. Kechqurun qaergadir yaqin manzilga mehmonga borishingiz mumkin.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Bugun yulduzlar duch kelgan bilan bahsga kirishmasdan, butun vujudingizni ishga bag‘ishlashni maslahat bermoqda. Vizalar, muhim hujjatlar yoki pul olishda jiddiy muammolarga duch kelishingiz mumkin. Agar xayolni bir joyga qo‘yib, aql bilan ish tutsangiz, bu muammolarni o‘z vaqtida bartaraf eta olasiz. Kechki payt ro‘zg‘or ikir-chikirlari bilan band bo‘lasiz. Agar sog‘lig‘ingiz pand bera boshlasa, vrachga murojaat eting. Xalqona yo‘llar bilan davolanish sizga naf bermaydi.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
20 iyun kuni muhabbat masalasida ba’zi muammolarga duch kelishingiz kutiladi. Bu ko‘proq oilasizlarga tegishli. Agar tanlaganingizga nisbatan munosabatlarni yanada pishiqlamasangiz, baxtdan quruq qolishingiz hech gap emas. Ish joyingizda hammasi hamkasblar orasida o‘zingizni qanday ko‘rsata olishingizga bog‘liq bo‘ladi. Istaklarga qarshi bora turing, asosan taqdir hukmiga itoat etgan holda ish tuting. Sog‘lig‘ingizni parvarishlash ham esingizdan chiqmasi-in!
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Bugun yulduzlar asosiy vaqtingiz salomatlikni tiklashga ketishi lozimligini uqtirishmoqda. Erinmasdan tibbiy ko‘riklardan o‘ting, tishingizda muammo bo‘lsa, tish do‘xtiri qabuliga bosh suqib qayting. Ish joyingizda yumushlar qochib ketmaydi. Kunning ikkinchi yarmida uddalasangiz ham bemalol ulgurasiz. Shaxsiy hayotda ko‘p o‘ylamasdan, amalda ish bajaring. Rashk degan yaramasni qalbingizdan haydab soling. Faqat qalbingizga quloq tuting, o‘zgalar maslahati bugun sizga naf keltirmaydi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
20 iyun kuni juftingiz sizga ko‘p masalalarda yaqindan ko‘mak beradi. Hatto pul topishda ham siz bilan baravariga ter to‘kishga bel bog‘lagan. Ovqatlanishda tartib-qoidalarga qat’iy amal qiling. Sho‘r, achchiq taomlardan voz keching, spirtli ichimlikning yaqiniga bora ko‘rmang. Yaqin do‘stlardan biri sizga ishonib sirlarini aytishi mumkin. Uning ishonchini albatta oqlashingiz zarur. Kechqurun tabiat qo‘ynida dam olish omadli kechadi. Tunda ko‘radigan tushingiz o‘ngidan kelishi ham haqiqatga yaqin.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Yulduzlar bugun hayotga eng so‘nggi g‘oyalarni tadbiq etishingizni maslahat berishmoqda. Ishni sifatli ado eting, ana shunda rahbarlar olqishiga albatta sazovor bo‘lasiz. Shaxsiy hayotda esa sizni ancha og‘ir vaziyat kutadi. Yaxshisi, tinglovchiga aylaning-u, sukut saqlang. Bu ham ish bermasa, do‘stlar bilan biror kafega yo‘l oling. Qaytguningizcha hammasi joyiga tushadi. Tadbirkorlar bugun jiddiy kelishuvlar, shartnomalarga imzo qo‘yish kabi amallarni boshqa kunga qoldirsinlar. Bugun ular muvaffaqiyat keltirmaydi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
20 iyun kunning birinchi yarmida o‘ta muhim tadbirda ishtirok etishingiz ehtimoli bor. Shu tadbir kelajakda lavozimingiz oshishini ham ta’minlab berishi mumkin. Shaxsiy hayotingiz ham bugun tekisga o‘xshamayroq turibdi. Juftingiz bilan orangizda kelishmovchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Kechqurun hech qanaqangi uchrashuv belgilamang. Asosiy vaqtingizni oila davrasida o‘tkazing.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Bugun arzimagan narsaga ham achchiqlanavermaslikni yulduzlar maslahat berishgan. Asabni asrang. Baribir vaziyatni o‘z xohishingizcha o‘zgartira olmaysiz. Oilasizlarni esa bugun yorqin uchrashuvlar, maroqli, ishqiy sarguzashtlar kutadi. Kunning ikkinchi yarmida u qadar uzoq bo‘lmagan manzilga safar uyushtirishingiz kutiladi. Moliyaviy ahvolingiz noliydigan darajada emas. Tejamkorlikka amal qilsangiz, arosatda qolmaysiz.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
20 iyun kuni yaqin insoningiz bilan yanada muloyim, iliq munosabatlar yuriting. Agar yaqinda uylangan bo‘lsangiz, xavotirlanmang, munosabatlar darrov romantikaga aylanib qolmaydi. Jamoatchilik bilan tashkil etilgan ommaviy tadbirlar bugun muvaffaqiyatli o‘tadi. Jismoniy zo‘riqishlarni chetga suring, ko‘proq dam oling. Shunda ertangi kun uchun kuch yig‘ishingiz yengil kechadi. Salomatligingiz haqida har qadamda qayg‘uring.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Yulduzlar bugun ishdagi faollikni sal kamaytirishni maslahat berishgan. Aks holda bu organizmingizga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, sog‘lig‘ingizga putur etishi turgan gap. Shaxsiy hayotda aslo qaysarlik qilmang, bu sizni boshi berk ko‘chaga olib kirib qo‘yishi mumkin. Pul topishda sizdan o‘ta bardoshlilik talab etiladi. Kechki payt sog‘lig‘ingizda, aniqrog‘i, oshqozon va bosh qismingizda ba’zi muammolar ko‘zga tashlanishi kutiladi.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
20 iyun sizning kuningizga o‘xshab turibdi. Nima xohlayotgan bo‘lsangiz, sotib olishingiz mumkin. Buning uchun pulingiz keragidan ham ko‘proq. Ishlaringiz ketma-ketiga baroridan kela boshlaydi. Tunda ajoyib tush ko‘rgan bo‘lsangiz, o‘sha tush bugun haqiqatga aylanadi. Kechqurunga yaqin oila a’zolaringizdan ba’zilari bilan jiqillashib qolishingiz ham ehtimoldan xoli emas. Kechqurun sayrga chiqmang, jarohat olishingiz xavfi bor.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Bugun hayotga real nazar bilan boqishingizga to‘g‘ri keladi. Turli illyuziyalar sizga hech narsa bermaydi. Ana shunda hayotingizda unutilmas hodisalar sodir bo‘la boshlaydi. Oilasizlar o‘z baxtini uchratadi, oilalilarning jufti bilan o‘zaro munosabatlari yanada mustahkamlanadi. Bugun olis safar ham sizga muvaffaqiyat keltirishi mumkin. Faqat sog‘liq masalasida picha muammo bo‘lishi turgan gap. U ham bo‘lsa, bosh og‘rig‘i va varikoz sizni bezovta qilib o‘tishi kutiladi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»