Ammo bugun o‘tkazilayotgan to‘ylarda yo mezbonlarning ma’naviyati o‘ta g‘ovlagani, yo man-manlikka berilgani sabab ko‘ngilni xira qiladigan holatlar odatga aylanmoqda. Ana shulardan biri “qistir-qistir”lardir.
Ilgari to‘y egalarining xotin urug‘lari 15-20 kishi qatorlashib, to‘y davomida bir-ikki marta o‘rtaga chiqib, san’atkorlarning cho‘ntagini qappaytirishar, ularni ko‘rgan er tomon ham cho‘ntak kovlashga majbur bo‘lar edi. Hozir esa dasta-dasta pulni havoga uloqtirishga ishtiyoqmandlar paydo bo‘ldi.
Buni chetdan kuzatgan kishi to‘y ishtirokchilarining ma’naviy saviyasi haminqadarligidan hafsalasi pir bo‘ladi. Axir, aql-farosatli odam peshona teri bilan topgan pulini shu tarzda havoga sovurmaydi-da! Demak, to‘y kuni o‘zining boyligini ko‘z-ko‘z qilayotgan odam o‘ta notavon inson. Pulning qadr-qimmatini qalban his etmagan bunday odamlarni boshqacha atab bo‘lmaydi.
“Balki, o‘sha odam mastdir, bitta to‘yda shu qilg‘ilikni qilgan bo‘lsa, shunga shuncha vahimami? Boshqa to‘ylar risoladagidek o‘tib turibdi-ku”, deyishingiz mumkin. Ammo bunday hodisa bitta to‘ydagina emas, boshqa to‘ylarda ham ketma-ket sodir etilsa, bunga bemalol qarab turib bo‘ladimi?!
Masalaning yana bir tomoni ham bor. O‘sha to‘yda qatnashayotgan kazo-kazo san’atkorlar — madaniyat ahli namoyandalarining bunday holga munosabat bildirmaganiga nima deyish mumkin? Mikrofon ularning qo‘lida, bir daqiqa to‘y ishtirokchilarining e’tiborini tortib: “Aziz mezbonlar, qadrli mehmonlar! Hamma yaxshi niyat bilan boshlangan to‘yning ko‘ngildagidek o‘tishi tarafdori. O‘rtaga chiqib pul sochishingiz shart emas” desa asakasi ketadimi?! Yo‘q, ular aksincha bosar-tusarini bilmaganlarni o‘rtaga chiqarib, bor pulini shilib olish payida bo‘ladilar.
Yomon qiliq yuqumlidir, degan naql bor. Shuning uchun ham urfga aylanayotgan bunday manmanlikning oldini olish chorasini vaqtida ko‘rish kerak. Qolaversa, to‘y insoniyatning madaniyatlilik darajasini ko‘rsatib turadigan o‘ziga xos an’ana. Uni o‘tkazishda isrofgarchilikning har qanday ko‘rinishiga barham berish, qadriyatlarni avaylab-asrash zarur. Bu — hammamizning burchimiz.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Kreml yangi safarbarlik bo‘lmasligini ma’lum qildi
Konor Makgregor jinsiy zo‘ravonlikda aybdor deb topildi
AQSH razvedkasi Putinning xorijdagi muxoliflari o‘ldirilishiga oid maxfiy hujjatlarni qisman ochiqladi
Yevropa Ittifoqi va AQSH «uchinchi dunyo»ga ekologiya uchun yiliga $300 mlrd bermoqchi
Shavkat Mirziyoyev «Yashil makon» umummilliy loyihasining yangi bog‘ida ko‘chat ekdi (foto)