11:15 / 26.07.2017
7 398

Oshxonadagi hidlardan qanday qutulish mumkin?

Oshxonadagi hidlardan qanday qutulish mumkin?
Hatto oshxonangizda havo tortuvchi qurilma bo‘lmasa ham, xushbo‘y va mazali ovqatlar tayyorlashdan voz kechmang. Kuchli hidlarni yo‘qotishga yordam beruvchi bir necha usullar mavjud.

Xonalarni shamollating

Birinchidan, oshxonaga kiriladigan eshiklarni yoping. Bu hidlarning boshqa xonalarga tarqalib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Derazalarni oching. Agar sizda ko‘chma ventilyator bo‘lsa, uni derazalar tomonga yo‘naltiring. Shunday qilsangiz, hid tezroq ketadi.

Yig‘ishtirishni orqaga surmang

Tovada pishirishdan keyin qolgan yog‘ni qoldirmang. Tayyorlab bo‘lganingizdan keyin darrov yog‘li va kirlangan yuzalarni artib oling. Chiqindi solinadigan idish to‘lishini kutmasdan chiqindini chiqarib tashlang. Ovqat qoldiqlarini stol ustida qoldirmasdan sovitgichga qo‘ying.

Atrofingizni yoqimli hidlarga to‘ldiring

Limon po‘choqlari va dolchin cho‘plari solingan suvli idishni past olovga qo‘ying. Yarim soat yoki bir soatdan keyin olovni o‘chiring.

Qahva pishiring

Ertalab tayyorlangan bir piyola xushbo‘y hidli qahva yoqimsiz hidlarni sezdirmaydi.

Hidlarni yo‘qoting

Bunga odatdagi sirka yordam beradi. Idishga biroz sirka soling, olovga qo‘ying va qaynaguncha kuting. Albatta, boshida butun oshxona bo‘ylab sirka hidi taraladi, lekin keyin u bug‘lanib ketadi. Oshxonangizdagi yoqimsiz hidlardan esa asar ham qolmaydi.

Manba: «Daryo»

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Oshxonadagi hidlardan qanday qutulish mumkin?