MFaktor — muvaffaqiyat va mag‘lubiyat omillari. KUN.UZ’da yangi loyiha start oldi. Endilikda, tadbirkorlikni boshlayotgan yoshlarga ustoz maqomida bo‘lgan va biznes qilishda katta tajribasi bor tadbirkorlar bilan foydali hamda qiziqarli suhbatlar o‘tkaziladi. Ko‘rsatuvning ilk mehmonlari taniqli tadbirkorlar Hikmat Abdurahmanov va Aziza Umarovalardir.
Hikmat Abdurahmanovning so‘zlariga ko‘ra, Aziza Umarova bilan 15 yildan buyon turmush qurib, birgalikda ko‘p yutuqlar, ko‘p hayotiy darslardan o‘tgan.
“2002-2003 yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining qoshidagi davlat kompaniyasida ishlardim. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetini Azizaxon bilan birga bitirib chiqqanmiz. Davlat tashkilotida ishlaganimdan so‘ng, bu menga to‘g‘ri kelmaydi, degan qarorni qabul qildim. Keyin chet elda o‘qib keldik. Buyuk Britaniyada ta’lim olganimizda ko‘plab kompaniyalarga hujjatlarimni topshirdim. Qizig‘i shundaki, bironta kompaniyadan ijobiy javob kelmagan”, - deydi u.
Aziza Umarovaning aytishicha, oila Britaniyadan Xitoyga ko‘chib o‘tgan. Bu holat ularga ko‘p narsani tushunishga yordam bergan.
“Xitoyda ko‘zga tashlanuvchi eng birinchi narsa – mehnatsevarlikdir. Xitoyda kishilar xuddi chumolilardek ishlashardi. 2006 yilda Guanchjouga ko‘chib kelganmiz. O‘sha erda 24 soat davomida do‘konlar, korxonalar, sanoat ob’ektlari, kishilar ishlashini ko‘rib, katta imperiyalar aynan shunday qurilishini tushunasan. Biz uchun bu katta tajriba bo‘ldi”, - dedi Umarova.
Hikmat Abdurahmanov suhbat davomida aviakassa sohasida muvaffaqiyatsizlikka yuz tutgan loyiha haqida ham gapirib berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, muvaffaqiyatsizlikning asosiy muammosi, aviakassalar har doim ham to‘g‘ri ishlamasligida.
“Bizning korporativ standartlarimiz shundayki, biz egri, qing‘ir-qiyshiq ishlardan o‘zimizni tiyamiz. Sababi, bir kichkina yo‘nalishda ozgina noto‘g‘ri ish qilsangiz, boshqa kompaniyalarga bu imij jihatidan ziyon keltiradi. Bu narsani ish davomida ko‘p ko‘rdik hamda korporativ qadriyatlar darajasiga mijozlarimiz bilan haqiqiy, sof ishlash, yolg‘on aralashtirmaslikni qonun darajasida qabul qildik”, - deydi u.
Ushbu taniqli tadbirkorlar bilan uyushtirilgan intervyuning to‘liq shaklini quyida tomosha qilishingiz mumkin.
Ko‘rsatuvni Tas-X tizimida ko‘rish >>> “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)