date
views 11 150

Kuchli xotira siri aniqlandi

Kuchli xotira siri aniqlandi
Kanadaning Vaterloo universiteti olimlari ovoz chiqarib o’qish kishi xotirasini kuchaytiradi degan qarorga keldilar.

O’tkazilgan tadqiqotda ishtirok etgan 95 kishi yozilgan ma’lumotlarni 4 usul: ovoz chiqarmay o’qish, ovoz chiqarib o’qish, o’z ovozini yozib olgancha eshitish, birov o’qigan ma’lumotni eshitish orqali eslab qolishga harakat qildilar. Natijalar esa ovoz chiqarib o’qish barcha usullardan samaraliroq ekanligini ko’rsatdi.

Tadqiqotchilar biror ma’lumotni eslab qolishda unga faol harakat ham qo’shilsa, natija kuchliroq bo’lishini qayd etdilar, deyiladi xabarda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Kuchli xotira siri aniqlandi